SESHANBA, 2025.06.24, 11:39
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 13
MEXMON 13
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Май » 10 » "Oskar" Qiziqarli faktlar
20:56
"Oskar" Qiziqarli faktlar

Kinematografiya sohasida qanchadan-qancha mukofotlar borligi hech ko’pchilikka ma’lum. Britaniya kinoakademiyasi mukofoti, Kann festivali "oltin palma yaprog‘i”, MTV awards va hokazo. Lekin har qanday kinoijodkorning bir umrlik orzusi Oskar mukofotini qo‘lga kiritish bo‘lsa kerak, nazarimda.

Har yilning fevral-mart oylarida Gollivudda uyushtiriladigan Oskar taqdimoti Qo’shma shtatlarga 700 million dollar miqdordagi sof foyda keltirib, o‘n ming kishi uchun yangi ish joyi yaratib berarkan. Ushbu sonlar tadbirning naqadar katta miqyosga egaligini ko‘rsatadi.

Luis B. Mayerning hazili

Mana 27 yildan buyon Chikagodagi kichkina bir fabrikaga Los-Anjelesdan muhim buyurtma kelib tushadi: Oskar haykalchalarini yasash. Metallni eritish, qolipga quyish, qayta ishlash singari bosqichlardan iborat jarayondan so‘ng har bir haykalchaga ketma-ket mis, nikel, kumush, oltin qoplamlari bilan sayqal beriladi. Bo‘ldi! Aktyorlar, rejissyorlar, prodyusserlar va boshqa kinosan’at ustalariga uyqu bermayotgan haykalcha tayyor!

Metro Goldwyn Mayer studiyasining rahbari Luis B. Mayer hazil tariqasida bir xodimining haykalini yasash haqida gapirishi AQSh kinoakademiyasi a’zolarining aqlini charxlab, yangi kino mukofotini o‘ylab topishlariga olib kelishi kimning hayoliga kelibdi deysiz. Ammo bu haqiqat. Luis Mayer esa haqli ravishda mukofotning tashkilotchisi hisoblanadi. Aynan uning tashabbusi bilan 1929-yilning 16-may kuni Gollivuddagi "Roosevelt” mehmonxonasida rasmiy ravishda AQSh kinoakademiyasining yutuqlar uchun mukofoti (Academy Awards of merit) deb ataluvchi Oskarning ilk taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Qisqa muddatda taqdimotning martabasi ko‘klarga ko‘tarilib ketdi, mitti haykalchaga erishish kinoijodkorlarning bosh maqsadiga aylanib qoldi. O’tgan asrning 90-yillarida esa Oskar taqdimoti olamshumul voqeaga aylandi. Bitta hazil keltirib chiqargan o‘zgarishlar aqlga sig‘mas darajada ulkan!

Marosim

Taqdimot marosimi juda yuqori sifatda tashkil qilinadi. Tayyorgarlik yil bo‘yi davom etadi. Shu bois bir qarashda rasmiy marosim bo‘lgan Oskar taqdimoti chinakam bayramga aylanib ketadi. Oxirgi yillarda marosim ssenariynavislari va boshlovchilari original g‘oyalar o‘ylab topib, an’anaga fayz kiritmoqdalar. Masalan, marosimning qisqa hazilomuz mulfilm bilan boshlanishi, yoki boshlovchining o‘ziga xos kiyimlarda chiqishi odamlarda ajoyib hush kayfiyat tug‘diradi.

Bundan tashqari, marosim o‘nlab telekanallar orqali butun dunyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi. Mashhur yulduzlar – aktyor va qo‘shiqchilar, xullas, eng ko‘zga ko‘ringan san’at arboblarining ishtiroki taqdimotning reytingini beqiyos darajada oshirib yuboradi.

Nominatsiyalar

Bugungi kunda AQSh kinoakademiyasi a’zolarining soni 10000 ga yetib ulgurgan. Ularning bergan ovozlari nomzodi qo‘yilgan filmning taqdirini hal qiladi. Nominatsiyalar esa ahyon-ahyonda o‘zgarib turadi. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan nominatsiyalar quyidagilardir:

1. Yilning eng yaxshi filmi;

2. Eng yaxshi ayol roli;

3. Eng yaxshi erkak roli;

4. Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi;

5. Eng yaxshi operator ishi;

6. Eng yaxshi rejissura;

7. Eng yaxshi ssenariy-adaptatsiya;

8. Eng yaxshi ovoz;

9. Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film;

10. Eng yaxshi musiqa;

11. Eng yaxshi ashula;

12. Eng yaxshi montaj;

13. Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli;

14. Eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli;

15. Eng yaxshi vizual effektlar;

16. Eng yaxshi original ssenariy;

17. Chet tildagi eng yaxshi film;

18. Eng yaxshi kostyumlar dizayni;

19. Eng yaxshi ovoz montaji;

20. Eng yaxshi grim;

21. Eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film;

22. Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film;

23. Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film;

24. Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film.

Tanqid

Ulkan mashhurlikka qaramay, kinoakademiyaning oxirgi yillardagi siyosati va umuman faoliyati jiddiy tanqidga uchramoqda. Xususan, mutaxassislarning fikricha, kinoakademiya a’zolarining tanlovini har doim ham xolis deya baholab bo‘lmaydi. Nomzod filmlarning reklama aktsiyalari hamda kassa yig‘imlari ovoz beruvchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti. Aslida esa filmning g‘oyasi, aktyorlar mahorati, rejissurasi, badiiy qimmati singari ko‘rsatkichlar birinchi o‘rinda turishi shart.

O’ylaymizki, bu nohush holat kinoakademiya a’zolarining o‘z faoliyatini tahlil qilib, kamchiliklarini bartaraf qilishga majbur etadi. Zero ularning bosh vazifasi arzimas kartinalarga oniy shuhrat lazzatini ato qilish emas, balki o‘lmas filmlarni kashf etish hamda munosib ravishda taqdirlashdir.

Qiziqarli faktlar:

Oskar haykalchasining sodda va beo‘xshovligi haqidagi keng tarqalgan hazilda aytilishicha, uning obrazini yaratgan rassom Sedrik Gibbons zerikarli yig‘ilishlardan birida uhlab qolish arafasida haykalcha eskizini chizgan ekan.

1929-yildan shu paytga qadar "Eng yaxshi film” va "Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotni ingliz tilli asar ijodkorlari qo‘lga kiritib kelganlar.

Oskarning haykalchasining vazni naqd 4 kilo ekan;

Oskarning 34 sm bo‘yga va 3.85 kilogramm vaznga ega ramziy haykali britaniydan yasalib, oltin bilan qoplangan.

Yulduzlar ketma-ket o‘tadigan "Qizil yo‘lakcha” ning uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr. Umumiy vazni – 5 tonna. Yo‘lakchani solish uchun 21 kishi va ikki kun sarflanadi. Marosim tugagan zahoti yig‘ishtirishni boshlashadi. Buning uchun jami 4 soat ketadi.

Qizil yo‘l bo‘yida o‘rnatilgan katta Oskar haykallarining balandligi 2.5 metrdan 8 sakkiz metrgacha bo‘lib, har biri 550 kilogramgacha tosh bosadi.

Yulduzlar o‘zlariga ajratilgan joyni bilib olishlari uchun har bir o‘rindiq orqasiga aktyorning rasmi osib qo‘yiladi.

Mukofot topshirilishi oldidan g‘oliblarni faqatgina ovozlarni hisoblagan ikki ekspert biladi, xolos.

Marosimga kirishda har bir yulduz taklifnomasini ko‘rsatishi shart.

Aytishlaricha, kinoakademiya kutubxonachisi Margaret Xerrik stol ustida turgan haykalchani ko‘rgan hamono hayrat bilan: "Xuddi amakim Oskarga o‘xsharkan!” degan ekan. Shu-shu mukofotga Oskar nomi berilgan emish.

Oskar mukofotiga Oskar ismli bitta odam – operettalar muallifi Oskar Xammerstayn Ikkinchi sazovor bo‘lgan ekan.

Eng ko‘p Oskar mukofotini Uolt Disney olgan. Birinchisiga 1932-yilda ega bo‘lgan. Umrining oxirigacha 26 ta Oskar haykalchasidan iborat ulkan kolleksiya to‘plagan.

Eng ko‘p Oskar olgan filmlar:
"Ben-Gur” (1959), "Titanik” (1997), "Uzuklar hukmdori: qirolning qaytishi” (2003) – o‘n bittadan Oskar;
"Vestsayd voqeasi” (1961), "Shamollarda qolgan hislarim” (1939) – o‘ntadan Oskar;
"Jiji” (1958), "So‘nggi imperator” (1987), "Ingliz mijoz” (1996) – to‘qqiztadan Oskar;
"Kulbalardan chiqqan millioner” (2008), "Kabare” (1972) – sakkiztadan Oskar.

Eng ko‘p Oskar olgan aktyorlar:
Ketrin Xepbyorn – 4 ta "eng yaxshi ayol roli”;
Uolter Brennan – 3 ta "eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli”;
Ingrid Bergman – 2 ta "eng yaxshi aktrisa”, 1 ta "eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli”;
Jek Nikolson – 2 ta "eng yaxshi aktyor”, 1 ta "eng yaxshi ikkinchi plandagi erkak roli”.

Eldor Asanov
ziyouz
Просмотров: 2011 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Май 2010  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
         12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930
    31
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz