22 yanvar kuni yosh rejissorlardan biri Jahongir Ahmedovning "Omad"
kartinasining katta namoyishi bo'lib o'tdi. Ma'lum sabablarga ko'ra,
sizning e'tiboringizga biroz kechikkan holda ma'lumotlar va
fotosuratlarni taqdim qilmoqdamiz...
"Omad" kartinasining
prem'erasiga Sanjar Shodiev, Sharof Muqimov, Xojimurod Bekchanov,
Sevinch Mo'minova, Mirjamol, Shohruhxon, Shahzoda Matchonova, Said
Muxtorov, Melis Abzalov, Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov va boshqalar
tashrif buyurishdi. "Omad" kartinasi yaratilayotgan boshqa o'zbek
filmlaridan farq qiladi. Saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar ham
juda katta e'tibor bilan tomosha qilishdi. Jahongir Ahmedovning kino
prem'eralarida odatiy tusga aylanib borayotgan holat bu prem'erada ham
bo'lib o'tdi. Aytmoqchimizki, film ijodkorlarini tanishtirishdan avval
Sherzod Binning sahnaga ko'tarilishi, "Davr" guruhi o'zining
taronalarini taqdim qilishi, shuningdek, taniqli aktyorlar Afzal
Rafiqov va Erkin Komilovlarning ovozlarini o'xshatib, gapirish
tomoshabinlarni hayratga sola oldi. Umuman olganda, prem'era juda
ko'tarinki ruhda o'tdi. P.S.: Eslatib o'tamiz, "Omad" kartinasi 23 yanvardan e'tiboran poytaxtimiz kinoteatrlarida namoyish qilinmoqda.
|