
O'limdan so'nggi mojarolar.
"Eshitdinglarmi Xojiboy Tojiboyevni xotini bilan Xojiboyni qarindoshlari marxumni o'limidan keyin uyini talashib sudlashyaptganmish" Mazkur xabar yashin tezligida tarqadi. San'at vakili xayotdan ko'z yumgach turli mish-mishlarni oldini olish yo'lida gazetalar xaqqoniy ma'lumotlarni yetkazib turadi. Afsuski ko'pchilik "O'lgan insonni xam tinch qo'ymaysizlar” degani anchagina noto'g'ri ekanligini anglashmaydi. Vaxolanki gazeta qolib aynan o'sha san'atkorning oila a'zolari "Tinch qo'ymasa”, xalq bilib bo'lib, gap-so'z bolalab turfa xilda "ko'pirib” ketsa, xalqqa xaqqoniy xabarni gazeta yetkazmay kim yetkazsinq Xojiboy Tojiboyevning o'limidan so'ng oila a'zolari merosni bo'lisha olmay janjallashib sudgacha borganliklari bir zumda xamma yerga tarqaldi.
Voqea tafsiloti yuzasidan marxum Xojiboy Tojiboyevning yaqin do'stlaridan Ashurali aka bilan bog'landik - Men bu jarayondan to'liq xabardorman, ukalari xam oldimga keldi. Bu endi bir maishiy mavzu bo'lib xozirda xal bo'ldi. Ayolini qarindosh-urug'lar o'rtaga olib, orani ochiq qilishdi, keyin u ukalarini roziligini olib, qishloqdagi uyni sotib, Toshkentga ko'chib keldi. Avgust oxirlari, sentyabr boshlarida bu mojaroga nuqta qo'yildi. Xozir xammasi tinchgina yashashyapti. Men xizmat safarida bo'lgan paytim, yaqinda nabiralik bo'lishdi, katta qizi o'g'il farzandlik bo'ldi.
Sud masalasi nima bo'ldiq -Sudda kelishishdi, ish to'xtatilgan. Lekin bu xaqida aytilmasa xam bo'lar edi, yana gap qo'zg'aladi deb xavotirdaman
Lekin xalq bilib bo'lgan, xaqqoniy ma'lumot bo'yicha xammasi tinchigan ekan, shuni xalq bilgani yaxshi emasmi, bu mavzuni boshqacha qilib mish-mishlar bolalaganidan ko'raq -Bobomurod Xamdamovning oilaviy mojarolari xaqida mavzu ko'targaningizdan keyin bir yoqlama bo'lib ketdi.
Bobomurod Xamdamov bilan bog'liq mojarolarni ularni oila a'zolaridan o'zlari kelib redaksiyada ko'tarishgan. - Reytingiz baland, boshqalar sizlarda nima chiqishini kutib turishadi, keyin bu mavzuni xammasi ushlab olib yozishadi-da. Keling boshqa yana bir yangilik aytay: marxum Xojiboy Tojiboyevning xayotiga bog'liq kitob yozayopman, shundan lavxalar bilan bo'lishaman.
|