
Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2011 » Июль » 29 » OH URADI ERKAKLAR!
|

Yaqinlardan ayrilsa,
Qanotlari qayrilsa. To'g'ri yo'lda tayrilsa, Oh uradi erkaklar.
Qora nonga bo'lsa zor, Topilmasa madadkor. Kulsa tag'in nobakor, Oh uradi erkaklar.
Yori qilsa xiyonat, Sinib sabr-matonat. Bormi deya diyonat, Oh uradi erkaklar.
Ortdan pichoq tiqqanda, Do'st yov bo'lib chiqqanda. Otilib achchiq xanda, Oh uradi erkaklar.
Ota-onasiz yetim, Farzandsiz g'amnok betim. Yuragini bilar kim. Oh uradi erkaklar.
Qo'l-oyog'i sog' bo'lmay, Yaratgani bog' bo'lmay. Hayotham adog' bo'lmay, Oh uradi erkaklar.
Vatan yurakdagi shon, Yurtdek bo'lmas hech makon. Undan ayrilgan zamon, Oh uradi erkaklar. ILHOM FAYZULLAYEV. Albatta biz hech qachon oh urmaylik qadrdonlar.
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 1723 |
Добавил: ilhombek
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|