Har kun bilib bilmay katta va kichik gunoh qilamiz! Ba'zida qilgan ishlarimizni o'ylab o'zimizni sud qilamiz!
Nega bu ishni qilding? Bunday qilmishning sababi nima? - Deb qilgan gunohimizni tergaydi AQLimiz. Uni jazolash shart, bu qilmishi uchun jiddiy jazo choralarini ko'rish zarur! - deydi VIJDONimiz! Shu orada NAFSimiz advokat niqobini kiyadiyu "ayblanuvchi bu ishni qilishga majbur edi uni oqlash kerak" - deydi! Gunoh sababidan oylar, yillar davomida ezilgan jabrlanuvchi QALBimiz 1 burchakda o'kinchli alfozda mum tishlab o'tiradi! Nihoyat aqlimiz, vijdonimiz hamda nafsimizning qarorlarini diqqat bilan jimgina tinglagan bosh hakam bo'lmish RUHimiz gunoh uchun eng odil hukumni bayon qiladi: Tavba-tazarru va istig'for qil! (Irfon taqvimi 2011-yil 1-sonidan olindi)