
Oddiy, kichik va foydali MASLAHATLAR!
Kitoblarni asrash qoidalari -
* Kitoblarni tik qo`yish nurlaridan ehtiyot qiling. Aks xolda muqovasi tezgina rangsizlanib, sahifalari sarg`ayib qoladi; * Vaqti - vaqti bilan bitta kitobni changyutgich yoki 2% li formalin eritmasida namlangan junli mato bilan tozalab turing. Bu eritma yordamida mog`or izlarini ham ketkazish mumkun; * Eski yog` dog`larini maydalangan bo`r yoki tish yuvish pastasiga tomizilgan bir tomchi benzin yordamida ketkazsa bo`ladi. Bu aralashmani dog` bo`lgan joyga surtib, quritiladi va ehtiyotkorlik bilan yumshoq quruq mato yordamida artiladi; * Yangi dog`ga bosma qog`oz bosilad ( yoki maydalangan bo`r sepiladi) va orqa tarafidan dazmollanadi. * Kitobning qattiq muqovasodagi barmoq izlarini bo`r eritmasi yoki tish yuvish pastasiga botirilgan paxta yordamida ketkazish mumkun. * Siyoh dog`lariga limon kislotasi eritmasi ( bir qoshiq limon kislotasi va ikki qoshiq suv) yoki limon sharbatiga botirilgan bosma qog`ozni bosing! Gazli suv yordamida tozalaymiz! - Kuchli gazlangan ichimliklar metall, chinni va rezinada tayyorlangan barcha buyumlarni juda yaxshi tozalaydi. Buning uchun ichimlikni shunchaki buyumning ustiga quyish va bir soatcha kutish kera, xolos. - Zangni ketkazish uchun teng miqdorda gazlangan va sovunli suvni aralashtirib, dog`ni ustiga surting. Yarim soatdan so`ng yumshoq cho`tka bilan tozalang. - Qoshiq va sanchqilardagi dog`larni limon sharbati yordamida tozalash mumkun. Ularni yaltirashini istasangiz, xom kartoshka bilan arting! Kir yuvish sirlari. * Choyshablarni oqligini saqlab qolish uchun yuvish jarayonida bir paqir suvga uch osh qoshiq skipidar ( o`tkir xidli suyuq modda) qo`shish kerak. * Zig`ir tolasidan to`kilgan mato va ip gazlamali choyshablarni oddiy silikat yelim eritmasi da qaynatishni maslahat beramiz. Bir paqir qaynoq suvga ikki osh qoshiq soda, 20 - 30 daqiqadan so`ng shuncha yelimni qo`shing. Bir soatdan so`ng chayqab tashlang. Qo`lda yuvish shart emas. * Rangli iplarda tikilgan dasturxon va qo`l sochiqlarning rangini saqlab qolish uchun tuzli suvga ivitib, so`ng yaxshilab chayqab, undan so`ng odatdagidek yuvishingiz mumkun. * Choyshablarni qaynatish uchun tayyorlangan suvga atirsovun qoldiqlarini solib yuborsangiz, yuvilgan choyshablardan yoqimli hid taratadi.
|