
Davlat statistika qo’mitasi e’lon qilgan xabarga ko’ra, O’zbekiston aholisi soni 28 mln. 639, 000 ga yetdi. 2010-yil oxirida aholi soni 28 mln. 234, 000 edi. O’sish sur’ati 1.4 foizni tashkil etmoqda.
Yangi ma’lumotga ko’ra, hozirda O’zbekiston aholisining 14 mln. 697, 000 nafari, boshqacha qilib aytganda, 51.3 foizi shaharlarda yashaydi. Tug’ruq darajasi yanvardan iyungacha 18.8 pro milni tashkil etgan. Bu o’tgan yilgi shu davrga qaraganda 1.6 pro milga kam.
O’lim darajasi 4.8 pro mil bo’lib, bu o’tgan yilgi ko’rsatgichga qaraganda 0.2 pro milga ko’p.
Iyun oyi oxirigacha O’zbekistonda yangi 113,600 nikoh va 9,000 ajrashish ro’yxatdan o’tkazilgan.
|