O'tgan yillarga nazar boksak, bir necha tanikli yulduzlar xayotida avtoxalokatlar sodir buldi. Bu mudxish avto-vokealar ayrim yulduzlarimiz xayotiga zomin buldi. Avtoxalokatga uchragan mashxurlar: (Muxriddin Xolikov, Ra'no Yarasheva, Yulduz Usmonova, Aziza Niyozmetova, Muzaffar Abduazimov, Abdulla Kurbonov, "Bojalar"...) *** 2001 yil, noyabr (Ramazon oyi). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Muxriddin Xolikov xayotiga avtoxalokat nukta ko'ygan. Xonanda 13 rakamini xushlamas edi. Shu rakam bilan boglik xamma narsaga yomon karardi. Afsus, oyning 13-kuni emas, 21-kuni unga mudxishlik takdim etdi. Mashxur xofiz ulimi 21-da sodir buldi... *** 2003 yil, 21 iyul. Aziza Niyozmetova Buxoro viloyatidan poytaxtga kaytayotgan maxal, Sirdaryoning Ok oltin yo'lida avtoxalokatga uchraydi. Xaydovchining uxlab kolishi okibatida "Neksiya" rusumli avtomashina avtoxalokatga uchrab, mashina uch marta yumalaydi. Xonanda orka o'rindikda uxlab kelayotgani bois, u xushini yo'kotib, ogir xolatda maxalliy shifoxonalardan biriga olib boriladi. Bir kundan keyin xushiga kelgan xonanda 10 kun mobaynida shu shifoxonada davolanadi. Niyozmetova 29 kun ichida sogligini tiklab, "Aziza ulibdi" degan mish mishlarga barxam berish uchun yana Buxoroga to'yga boradi. *** 2003 yil, avgust. Kashkadaryodan yengil avtomashinada kaytayotgan Yulduz Usmonova avtoxalokatga uchraydi. Xaydovchining yukori tezlikka e'tiborsizligi tufayli kelib chikkan bu avtoxalokat natijasida xonandaning burni sinadi xamda tizzasi kattik lat yeydi. Tez kunlarda sevimli kushikchining sogligi tiklanib, yana muxlislari bagriga sog-omon kaytadi. *** Yana bir necha avtoxalokatlar natijasida: Ra'no Yarashevaning bir necha tana suyaklari sinadi, Abdulla Kurbonov kattik jaroxat olib, uning yuz terisi shilinadi, Muzaffar Abduazimov esa kul suyagini sindirib oladi. *** 2009 yil, 29 iyun. "Bojalar" guruxi a'zolari Jaxongir Poziljonov, Mumin Oripov va yana ikki kishi yengil avtomashinada Tojikistonning Dushanbe va Tursunzoda shaxarlaridan gastroldan kaytayotgandi. Surxondaryo viloyatining Angor yulida yuk avtomashinasi bilan tuknashuvi okibatida gurux vakillariga tan jaroxati yetadi. Eng ogir jaroxatni Mumin Oripov oladi xamda bosh miyaning kattik lat yeyishi okibatida u vafot etadi. Jaxongir Poziljonov esa bir muddat xushini yukotadi va shifoxonada uziga keladi. Marxum Mumin Oripovning jasadi Termezdan poytaxtga samolyot orkali yuboriladi...Ta'ziya bildirishga esa poytaxtdagi deyarli barcha san'atkorlar tashrif buyuradi. ("Bojalar" avtoxalokati xakida shu kunning uzida yozish "Akfa-media" tomonidan deyarli barcha jurnalistlarga ta'kiklandi. Xatto ayrim noma'lum shaxslar va o'zini yaxshirok kursatish ilinjidagi ayrim xonandachalar jurnalistlarga dagdaga va taxdid xam kilishdi.) Termez shaxri shifoxonalaridan birida Jaxongir Poziljonov davolanyapti. U ayni paytda uzini yaxshi xis kilmokda. Ma'lumotlarga karaganda, uning oyogiga shikast yetgan. Birok, dustining vafoti Jaxongirni kattik iztirobga solyapti. Mudxish xabarlar yaxshilariga karaganda, negadir tez tarkaladi. Muximi, dunyodagi jamiki yomonliklardan Yaratganning o'zi asrasin. U dunyoga rixlat aylaganlarning esa oxirati obod bulsin! Tiriklarga va omon kolganlarga insof va iymoni butlik bersin
|