
"Xijron", "Firibgar", "Tohir va Zuhra-2" va "Kichkina ho`jayin" filmlari orqali tanish bo`lgan Munisa Rizayeva bilan suhbat.
Laziza: -Yangi yilni qayerda va kimlar bilan kutib olasiz?
Munisa Rizayeva: - 30 dekabrda Malayziya mamlakatiga dugonalarim bilan uchib ketamiz va 5 yanvarda qaytamiz.
Laziza: - Yangi yilni o'sha yerda kutib olasizlar a?
Munisa Rizayeva: - Ha.
Laziza: - Aynan qayerda kutib olasizlar, mehmonxonadami?
Munisa Rizayeva: - Sheraton mehmonxonasida.
Laziza: - Yangi yil kechasida nima kiyim kiyish niyatingiz bor?
Munisa Rizayeva: - U yerda iqlim boshqacha , +37 +40 darajada issiq bo'lgani uchun sho'rtik maykada.
Laziza: - Yangi yilda muxlislaringizga qanday tilaklaringiz bor?
Munisa Rizayeva: - Doim hamma sog'- salomat va
omadli bo'lishsin. Eng asosiysi baxtli bo'lishlarini tilab qolaman.
Hamma ishlaringiz yaxshi bo'lsin.
Laziza: - Faraz qiling uyingizga qorbobo bilan qorqiz
tashrif buyurushdi. Qaysi san'atkorlar sizning xonadoningizga qorbobo
va qorqiz kiymida kelishlarini xoxlardingiz?
- Qorqiz Asal Shodiyeva qorbobo esa Farrux Soipov.
Laziza: - Ulardan qanday sovg'a kutgan bo'lar edingiz?
Munisa Rizayeva: - (Kulib).
Suhbatimizga Asalxon qo'shilib
Asal Shodiyeva: Qor yog'sin! QOR!
Munisa Rizayeva: - Bilmadim.
Laziza: - Ular sizga qanday sovg'a senga beraylik deyishsachi?
- (O'ylanib) Menda hamma narsa bor. Antiqa suviner sovg'a qilishsa bo'laveradi.
Yana suhbatga Asal qo'shilib
Asal Shodiyeva: "Uylanish" fil'midagi mening sochimdagi pushti rangli katta gulni.
Munisa Rizayeva: - Ha o'sha gulni.
Asal Shodiyeva ushbu gulni Munisaga Yangi yilga sovg'a
qilarmikan? Bu savol o'rtada qolib ketmoqda. Endi esa Asalning o'zidan
javobni shu saytda kutamiz. Asal agarda ushbu suhbatni o'qiyotgan
bo'lsangiz iltimos sharh qoldirish degan joyiga javobinzgizni
qoldirsangiz. Birinchi navbatda ro'yhatdan o'tsangiz sharh qoldira
olasiz. Javobingizni mushtoqlik bilan kutamiz!
Laziza: - 2011 yildagi rejalaringiz qanday?
Munisa Rizayeva: - Hudo xoxlasa bahorda turmushga chiqaman. Shunga hozirdan tayyorgarlik ko'rayapman.
Laziza: - Baxtli bo'ling!
Munisa Rizayeva: - Katta rahmat!
shou.doira.uz
laziza