CHORSHANBA, 2025.07.23, 08:37
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Октябрь » 26 » Nilufar Usmonova turmushga chiqdimi?
21:42
Nilufar Usmonova turmushga chiqdimi?

- Yaqinda amerikadan kelibsiz. To'g'imi?
- Bu yil hali Amerikaga borganim yo'q. Bu noto'g'ri. Boshqa shaharlarga ko'p borganim tog'ri.

- Lekin Nilufar Amerikaga boradi deb eshitgan edim.
- To'g'ri unaqa gaplar ko'p bo'ldi. U yerga konsert safarlariga ham taklif qilishdi, ammo borolmadik chunki bu yerda juda ham ishimiz ko'p edi. Umuman olganda kun tartibini yozib yuradigan kitobchamiz to'lib ketdi.

- Safarlaringiz juda ham ko'payib ketdi...
- Viloyatlar bo'yicha safarlarim ko'paydi.

- O'qishingiz nima bo'ldi?
- O'qish ham bo'lmoqda. Mana hozir ham o'qishdan keldim.

- Jurnalistika soxasida ishlaganingizga guvox bo'lganmiz. Bu soxani tashlaganingiz ham rostmi?

- Bu shunchaki qiziqish bo'ldi. Chunchaki bilan boshlanib bir qanaqadur muxlislarga ega bo'lgan bir loyiha bo'lib chiqdi. Buni Sayyod bilan birgalashib qilgan edik. Buni o'zimga soha deb bilmayman shunchaki qiziqish deb o'ylashman. Bu narsani o'qishim bo'lgani sababli o'zimni ishlarim ko'pligi uchun har doim halqga yurganim uchun bu narsaga vaqtim yetmayapti. Uning ustiga oilam bolam bor. o'glim birinchi sinfga chiqgan shuning uchun bolamga ko'proq etibor berishim kerak.

- Hammaga yoqgan edide shu gazetada ishlaganingiz... ketganingizga hamma muxlislaringiz hafa bo'lib o'tirishibdi.
- (Kulib) Nimaga hafa bo'lishadi? Hozir juda ko'p san'atkorlar bu yo'nalishda ketishmoqda. Hamma gazetani o'zini san'atkori jurnalistikani olib borishmoqda. Menimcha bir san'atkor bilan cheklanib qolishi kerak emas hamma san'atkorlarni bu tamonlama ham insonlar ko'rishi kerak.

Turk tilida bemalol gaplasha olar ekansiz. Shu qanchalik haqiqat?
To'g'ri bemalol gaplasha olaman. Chunki yoshligimda maktabimizda turk sinfdoshlarim juda ko'p bo'lgan. Shunga ular bilan yoshligimdan gaplashaverib o'rganib ketganman. Umuman olganda gaplasha olaman va tushunaman lekin yozishga kelganda ularni harflarini yoza lomayman.

- Bonem guruxiga qabul qilinganingiz rostmi?
- Bonem guruxiga qabul qilinganim rost. Chunki bu yerda kino olinganda bonem guruxini tuzishgan edi. Uchta qiz va bitta yigitdan iborat edim. O'zbekcha ya'niy qalbaki bonemga qabul qilindim. Bu bir proyekt edi.

- Bu kinofil'm katta ekranlarga chiqdimi?
- Yo'q chiqmadi lekin sotuvlarda bor.

- Fotomodel bo'lib ishlayotganingiz to'g'rimi?
- Yo'q fotomodel bo'lib ishlamaganman.

- Lekin rasmlaringizni ko'rib qoldim.
- Rasmlarim bor lekin hech qachon bir kompayinada fotomodel bo'lib ishlamaganman. Balki o'zimni fotosessiyamdan olingan rasmlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak.

- Balki. Takliflar tushib qolsa rozi bo'lasizmi?
- Takliflar bo'lgan ammo rozi bo'lmayman bu narsaga. Reklama bo'lsa bu boshqa narsa. Fotmodel bo'lish uchun albatta fotomodelga o'xshab ko'rinishi kerak.

- Siz ham ulardan qolishmaysiz.
- Lekin baribir hammani o'zini sohasi va yo'nalishi bo'ladi.

Gap-so'zlarga qaraganda ot minishga qiziqar ekansiz?Shu ham rostmi?
Albatta bu rost. Chunki yoshligimdan ot minishga qiziqaman va ot minaman.

- Hozir ham minib turasizmi?
- Ha, hozirda ham minib turaman.

- Aytishlaricha hovlingizdagi hovuzda akula boqar ekansizmi?
- Akula boqar edim lekin safarga ketganimda hashaki baliqlarimga ovqat berilmagani uchun ular och qolib akulalarimni yeb qo'yishgan.

- Nechta akulangiz bor edi.
- To'rta akulam bor edi.

- Siz bo'lmasa akulani qayerdan olgansiz?
- Sotib olganmiz, olib kelishgan edi.

- Akulani boqishga qo'rqmaganmisiz?
- Yo'q. Yarim metrdan sal kattaroq bo'ladi. (Kulib)Yeb qoymaydiku lekin tishlab olishi mumkin.

- Hovlingizdagi barcha gullarni o'zingiz ekganingiz qanchalik haqiqat?
- Bu haqiqat. To'qson to'qqiz foizga rost. Nimaga desangiz menga gul ekishni o'rgatgan ayyol Nigora opa bu narsani. Agar o'zing eksang o'zini mehring tushadi sen eksang senga bo'ysunadi degandilar va yo'l yo'rug' ko'rsatganlar. Shuning uchun uydagi gullarni o'zim ekaman.

- Nechta gullaringiz bor?
- Son-sanog'i yo'q.

- Aytishlaricha ish yurutuvchingiz Davron har kuni sizga ovqat ko'p iste'mol qilmagin deb na'sixat berar ekan. To'g'rimi?
- Bu gap rost, (kulib) to'ppa to'g'ri. Bu yigitni urushib berish kerak.

- Ilk bora 8 yoshingizda osh tayyorlagansiz. To'g'rimi?
- Ha to'g'ri.

- Hozirgi paytda ham ovqatlar tayyorlab turasizmi?
- Albatta lekin tez tayyor bo'ladigan ovqat va salatlarni tayyorlab turaman. Chunki vaqtim juda kam.

- O'g'lingiz san'atkor bo'lishiga qarshiligingiz rostmi?
- To'g'ri qarshiman, hohlardimki o'g'limning olimnamo bo'lishini chunki olimlik qonida bor. Haqiqiy o'qimishli bo'lib davlatimizga foyda tegib ishlashini hohlayman. Endi Xudo biladi kim bo'lishini? Nima bo'lsa ham eng zo'r sohani eng zo'ri bo'lsin.

- O'glingiz juda ham to'polinchimi?
- Ha juda to'polonchi. Hozirgi maktabga chiqgani bois tartibli to'polon qiladi. Ya'niy dars paytida to'polon yo'q, darsdan so'ng albatta to'polonchi.

- Tahallusinlaringiz ham bor ekan...
- Tahalluslarim ko'p. Qaysi birini aytay?(Kulib)

- Hammasini.
- Kuku bor. Onam kuku deb chaqiradilar kegin eng yomoni yoshligimda seni to'rta butilkaga almashib olganmiz "lo'lisan" deyishardi. "lo'li" va"Nilushka" tahallusimlarim bor.

- Do'stlaringiz sizni nima deb chaqirishadi?
- Patti deb chaqirishadi.

- Nimaga asoslanib?
- (Kulib)Buni aytib bera olmayman.

- Bu tahallusni kim 'oylab to'pgan?
- Bu ismni Shuxrat aka Nuraliyev qo'yib olganlar. Buning o'zini sabablari ham bor.

- Bilishimizcha advokatlik idora ochishni niyat qilgansiz. Shu rostmi?
- Albatta niyatim bor, bo'lgan va bo'ladi. Birinchi navbatda o'qishimni tugatishim kerak.

- Mish-mishlarga qaraganda turmushga chiqayotgan ekansiz. Bu ham to'g'rimi?
- Mish-mishlarga qaraganda turmushga chiqayotgan ekansiz degan savolni umuman olib tashlasangiz bo'laveradi.

- Demak turmushga chiqmayapsiz?
- Yoq. Ya'niy oq ko'ylak kiyib to'y qilmayman va qilmaganman shu bir yil ichida, mani uch marta erga berishgan bo'lishsa Andijonga, Samarqandga, Qashqaryoga umuman erga tegmaganman.

- Faqatgina odamlarni gapi bilan erga tekkansiz.
- Odamlarni gapi bilan erga tekkanman. Lekin shu yil ichida oq ko'ylak qiyib to'y qilganim yo'q.


- Konsert berish niyatingiz yo'qmi?
- Hozircha yo'q. Menicha hali vaqti kelgani yo'q.

- Muxlislarga tilaklaringiz.
- Albatta muxlislarga tilaklarim faqatgina hammaligi sog' va salomat hushchaqchaq va quvnoq bo'lib yurishsin. Ularga o'zimga qanaqa niyatlar tilagan bo'lsam hamma yaxshiliklarni tilab qolaman va gazetangiz muxlislariga ham shuni chin dildan tilab qolaman.

- Qimmatli vaqtingizni ayamay, suhbatga kelganingiz uchun katta rahmat. Sizni ham ishlaringizga omad.
- Rahmat sog' boling!
Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 3237 | Добавил: lazizapari2787 | Теги: Usmonova, turmushga, Nilufar, chiqdimi? | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Октябрь 2010  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz