
- Men sendan kuchliman! - xiringlabdi Nafrat Muxabbatga qarab. - Bir qadam bossang bas , oyoqlarim ostida yangchilib ketasan. - Bekorlarni aytibsan! Meni ishonch himoya qiladi! - boshini mag`rur tutib so`zlabdi Muxabbat. - Mening ukam Gumon, hamisha Ishonchingdan ustun kelgan. - Vafo bilan Sadoqat gumoningni bir zumda yo`qqa chiqaradi! - Rashk Gumonga qalqon bo`ladi. - Mehr Gumonni vayron qiladi. - Yolg`on Qahrni yetaklab keladi! - Men bor joyda Yolg`on bo`lmaydi! - Muxabbat odatdagidek Nafratdan ustun kelmoqchi bo`libdi. Biroq zamon o`zgargan, fasllar, kuchlar alishgandi.... Oshiqlar bir - biriga nisbatan ishonchini yo`qotgan, Rashk Gumonga yetaklar, Gumon Mehrni yo`qqa chiqarar, Qahr ayriliqni yetaklab kelib, Muxabbatni Xiyonatga sotib yurar edi... Zamon o`zgargan edi... Ko`ngil bermoqdan maqsad yetishmoqqa, Sevmoq niyati Visolga qorishib ketgandi. Biror nafni ko`zlamay turib, Sevgidan so`z ochmoq tentaklarga xos bo`lib qolgandi. "SEVAMAN!" deb aytish - nafas olishdek oson edi... Yolg`on rostga aylangan, rost - yolg`ondek eshitilardi... Muxabbat bilan nafs - ma`nodosh so`zlarga aylanib ketgandi... Zamon o`zgargan, fasllar, kuchlar alishgandi...
|