Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh, 
 Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda? 
 Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.  Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz, 
 Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz. 
 Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor, 
 Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari. 
 Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron, 
 Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON, 
 Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon 
 Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari. 
 Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada, 
 Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada. 
 Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz 
 Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari. 
 Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz 
 Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz. 
 Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi 
 Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari