DUSHANBA, 2025.07.21, 22:20
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Декабрь » 9 » Mirodil Xakimov: “Duet kuylashdan soviganman”
04:55
Mirodil Xakimov: “Duet kuylashdan soviganman”
Mirodil Xakimov: "Duet kuylashdan soviganman”
El orasida O'tkuriy bo'lib tanilib ketgan ustoz san'atkor Obid Yunusov bilan bo'lgan suhbatni e'tiboringizga havola qilgan edik. "Parvona” nafaqat spektaklda rol ijro etgan aktyorlarga, balki spektaklga hech qanday aloqasi yo'q insonlarga ham muvaffaqiyat olib keldi.
Misol uchun xushovoz xonanda Mirodil Xakimov nomi tilga olinishi bilan aksariyat shinavandalar shu zahoti "Qaramaysiz”ni ijro etgan qo'shiqchi-ku” deya aniqlik kiritishlari tabiiy...
Mirodil aka, keyingi paytlarda muxlislaringizga yangi taronalarni taqdim etmay qo'ydingiz...
Lekin ijod qilishdan to'xtaganim yo'q. To'y mavsumi bilan ovora bo'lib, tayyorlab qo'ygan qo'shiqlarimizni yozishga vaqt topolmayapmiz. Mana yaqinda rejissyorlardan "Istiqlol” san'at saroyida bo'lib o'tadigan gala konsert uchun Dilnoza (Ismiyaminova demoqchi, G.) bilan birgalikda yana bitta duet qo'shiq kuylab beringlar, degan taklif tushdi. Qo'shiq matni, aranjirovkasi tayyor. Vaqt topib uni yozishimiz qolgan, xolos.
Yangi kuylayotgan duetlaringiz "Qaramaysiz”ning davomi bo'ladimiq
Qo'shiq kuylanganidan so'ng muxlislarning o'zlari bu savolga javob topishadi.
Qo'shiq kuylanmasidan oldinroq gazetamiz mushtariylari uchun shu sirni oshkor qilaqolingq
Gala konsert tashkilotchilari tadbirga mehmon sifatida el suygan san'atkor Obid Yunusovni taklif qilishyapti. Shu sababli "Parvona” spektaklida aytilgan qo'shiqlardan yana bittasini zamonaviy talqinda duet tarzida kuylayapmiz. U ham bo'lsa talablarga binoan.
Eshitishimcha, "Qaramaysiz” duetini Dilnoza Ismiyaminova bilan emas, Ozoda Saidzoda bilan kuylamoqchi bo'lgan ekansiz...
G'a, to'g'ri. Lekin faqat Ozoda bo'lmagan mo'ljalda. Gulsanam bor edi, Mohira Asadova, Mavluda Asalxo'jayeva... Shular orasida tanlab, tanlab oxiri Dilnoza sal eplaganday bo'lgandi, u bilan kuylab qo'ya qoldim.
Ayol xonanda bilan kuylagan duetingiz omadli chiqdi, nega bu an'anani davom ettirmadingizq
Ochig'ini aytsam, birinchi duetimdan keyin ayol xonanda bilan birgalikda qo'shiq kuylashdan ko'nglim qoldi. Fransuz xonandasi Alize bilan ham duet kuylashni bir-ikki yil oldin kelishib qo'ygan edik, ba'zi bir sabablarga ko'ra, rejamiz hozircha amalga oshmay turibdi.
Alize bilan duetq Nega shu paytgacha bu haqda hech kimga aytmadingizq
To'ydan oldin tomosha ko'rsatishni yomon ko'raman. Qolaversa, atrofdagilarga rejalarim haqida gapirsam, negadir gaplarimga ishonishmaydi. Mashhur hofizimiz Sherali Jo'rayev bilan Rossiyaga kotsert qo'ygani ketyapmiz, deganimda "Sherali Jo'rayev kelib kelib shu oddiy Mirodil bilan konsert beradimiq” deb gapirganlar bo'lgan. Shu-shu rejalarim haqida gapirishni yoqtirmaydigan bo'lib qoldim...
Alize bilan kuylaydigan bo'lsangiz, qo'shiq qaysi tilda jarang sochadiq
O'zbek va fransuz tillarida.
Boya duet kuylashdan ko'nglim qoldi, deganday bo'ldingizmiq Nima uchunq
Shunchaki... Xozir ham talablarga binoan kuylamoqdaman, o'zimga qolsa...
Nega bunchalik sovib ketdingizq..
Nega sovimayq Tasavvur qiling kim bilandir duet kuyladingiz. Ana shu qo'shiqni deb sizni bir joyga chaqirishadi. Bilib turibsiz, obro'li joy, borsangiz yutqazmaysiz. Lekin duetdoshingiz bu taklifga "vaqtim yo'q” deb javob beradi. Tushunyapsizmiq Siz bitta qo'shiqni deb kimgadir qarab o'tirishga majbur bo'lasiz. Siz bilan birga duet kuylagan xonanda ham ozgina tushunadigan inson bo'lsa, to'yga borish kerak bo'lganda, aytilgan vaqtda kelsa, suratga olish maydoniga kech qolib kelmasa... Birgalikda rasmga tushib beringlar, taqvimlarga chiqaramiz deganda ham Dilnozadan "E, Mirodil aka, vaqtim bo'lmadi, kelolmay qoldim” qabilidagi javoblarni eshitganman. Shunaqa oddiy bahonalarni eshitgach, jahlingiz chiqmaydimiq!
O'zi haqiqatan ham nima sababdan reklamaga ko'p e'tibor qaratmaysizq
Qo'shiqlaringiz butun O'zbekiston bo'ylab tarqalishi uchun vodiyda emas, poytaxtda yashab ijod qilishingiz kerak. Qo'shiqlarim ozmi-ko'pmi radio-televideniyeda ketib turibdi. Ayrim saytlarga ham chiqib qolyapti. Reklamaga muhtojlik sezganim yo'q hozircha. To'g'ri, reklama san'atkorga kerak. "To'ylarim ko'p bo'lsin” degan xonanda o'zini reklama qilishga, konsertlar qo'yib tezroq el nazariga tushishga intiladi. Qo'shiqlari odamlarga yoqsa-yoqmasa radio-televideniyelarda aylantiraveradi. Va bir kun kelib... odamlarning g'ashiga tegib, el nazaridan qolib ketganini payqaganida, juda kech bo'lgan bo'ladi.
Zamonaviy tinglovchilarni nima bilan hayratga solish mumkinq
G'ozirgi siz aytganday zamonaviy tinglovchilarni hayratga solish juda ham oson. Yaxshi aranjirovka bilan yoki bo'lmasa bachkana so'zlar bilan ham hayratga solish mumkin. Mushtariylar meni kechirishsin, bu hammaga taalluqli bo'lmasa-da, lekin bor narsa. Misol uchun, mana bu qo'shiqning s'hzlariga e'tibor bering: "Alyo!” "Xa!” "Ketvossilamiq” "Ketvomizde, galstuk kiyib” va yana allambolalar desa hamma hayratga tushib "voy dod” deb baqiryapti.
Yangi yildagi rejalaringizq
Yangi yildan Toshkentda qolishni xohlayman.
Unda nega vodiydan beri kelmaysizq
"Bu daryoga nega suzib kelib olgansan” deyishsa bir baliqqa, "Bu yerlarning suvlari chuchuk” degan ekan. Nega mening vodiydan ketgim yo'qq Chunki bu yerda meni garchi o'zimni reklama qilmasam ham yaxshi ko'rishadi.

Bizning ma'lumot:
Ismi-sharifi: Mirodil Xakimov.
Fe'l-atvori: Jahli tez. Kutishni yomon ko'radi. Telefon raqamini to'rt marta qayta so'rashsa, asabiylasha boshlaydi.
Nazokat va latofatli ayollarni hurmat qiladi.
Qo'shiqchilikni – davosi yo'q dard, deb hisoblaydi.
Oilasi haqida hammaga jar solishni xohlamaydi.
Kayfiyati zo'r bo'lsa, uyda kabob pishirib, opalarini mehmonga chaqiradigan odati bor.


Manba.7x7

Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 1649 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz