
Статистика |
XOZIR SAYTDA 8 MEXMON 8 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2010 » Январь » 3 » Milliarderlarning mashinalari.
23:39 Milliarderlarning mashinalari. |
 MILLIARDERLARNING MASHINALARI Amerikaning Forbes jurnali sayyoraning eng badavlat kishilari garajiga mo‘ralab, u yerda ko‘p qiziqarli narsalarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, Las-Vegasdagi hashamatli mehmonxonalar egasi milliarder Stiven Vin yaqinda rafiqasi uchun "Ferrari F430 Spyder” mashinasini sovg‘a qildi. "Bu ajoyib mashinaning yonidan o‘tayotib, erim uni men uchun sotib olmoqchiligini, chunki mashina ham mening ko‘zlarim singari moviy rangdaligini aytdi. Mashinaga shunday ega bo‘ldim, u menga chindan ham yoqadi”, deydi Vin xonim. Milliarderning xotinida yana "Bentley Arnage” hamda "Jeep Grand Cherokee” ham bor. Biroq xonim aynan "italyancha” mashinada yurishni ma’qul ko‘radi. "Bu mashinaning ovozini boshqasi bilan adashtirib bo‘lmaydi. Men mashinada aylanishni yaxshi ko‘raman. ”, deydi Eleyn Vin. Milliarder Donald Tramp ham qimmatbaho avtomobillarga ko‘p pul sarflaydi. Uning garajida bir nechta "Rolls Royce”, "Ferrari” bor. Uning avtolari doim yangilanib turadi. Teleshoulardan birida Donald "Mercedes-Benz SLR McLaren”da ko‘rinish bergandi. Bu mashina esa naq yarim million dollar turadi. Milliarderlar orasida hashamatli mashinalarni chinakamiga sevadiganlar kam emas. Faqat auktsionlardagina sotiladigan avtomobillarga katta-katta pul sarflashdan qaytishmaydi. Eng mashhur avtomobil to‘plovchi mashhur modeler Ralf Loren bo‘lsa kerak. U dunyodagi eng noyob va qimmat mashinalarni yiqqan. Jumladan, 1929 yilgi "Blower Bentley”, 1955 yilgi "Mercedes-Benz 300 SL Gullwing Coupe”, 1962 yilgi "Ferrari 250 GTO”, shuningdek, "McLaren F 1” va "Bugatti Veyron”lar bor. Bu kollektsiya shunchalik taassurot qoldiradiki, Boston oliy san’at muzeyi 2005 yilda milliarderning ruxsati bilan "Tezlik, uslub va go‘zallik: Ralf Loran kollektsiyasidagi avtomobillar” ko‘rgazmasini tashkil qildi. Millioner va milliarderlar ko‘paygan sari hashamatli mashinalar savdosi ham kengaymoqda. Amerikaning Global Insight kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, 1990 yilda AQShda 1762 ta "superlyuks” mashina sotilgan bo‘lsa, 2008 yilda bu raqam 11800, 2013 yilda esa, yana bir necha baravarga ortadi, degan xulosaga keldi. Yuqorida tilga olingan shaxslardan davlati ancha ko‘proqlar esa hashamatli mashinalarni sotib olishga qiziqishmaydi. Masalan, "Forbes”ning oxirgi reytingida birinchi o‘rinni egallagan amerikalik Uorren Baffet 50 ming dollarlik "Cadillac DTS” minadi. Wal-Mart merosxo‘ri (kapitali 15 milliard dollar) Ellis Uolten esa Amerikada eng ko‘p tarqalgan mashina — "Ford F-150” haydaydi. IKEA egasi Ingvar Kamprad (davlati 333 milliard dollarni tashkil qiladi) esa samolyotda doim ekonom-klass bilan uchadi, xodimlaridan qog‘ozning ikkala tomonini ham ishlatishni talab qiladi, 1993 yilda chiqarilgan eski "Volvo”da yuradi. Ba’zan esa avtobusga chiqishdan ham qaytmaydi.
|
Просмотров: 3681 |
Добавил: Gangster
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|