| Meni "bevafo” deb, ayblama, gulim,
 "Mehringiz qattiq”,-deb
 Solma yuzimga.
 Toshga qiyoslama
 tirik vujudim,
 To’r solma
 har kuni bosgan izimga.
 
 Shirin o’ylaringni
 qilma dasturhon,
 Bu taom tuyular
 misoli zaqqum.
 Ko’zlaringga qarab
 eziladi jon,
 Sen-la qololmayman.
 yo’q bunga haqqim!
 
 Vijdonim yo’l qo’ymas,
 qalbim qiynalar.
 Dardim qanchaligin
 bilmaysan, gulim.
 Pichoqsiz so’yilar,
 tig’siz tirnalar,
 Ipsiz osiladi
 notavon dilim.
 
 Bo’ldi.
 Ketayapman.
 Umidingni uz!
 Bir narsa to’siqdir
 pok niyatingga:
 Ko’ksimda ilk sevgim
 yashaydi hanuz.
 Men loyiq emasman
 muhabbatingga.
   OSHIQLAR SARDORI 
 Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
 Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
 Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
 Bilgilki alarning sardori menman.
 
 Qo‘llarim istagi tutmoqlik qo‘ldan,
 Istagim totmoqlik labdagi boldan,
 Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan
 Bilgilki eng avval kelgani menman.
 
 Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,
 Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
 Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang
 Bilgilki yuztadan bittasi menman.
 
 Keksalik degan so‘z joy olsa dildan,
 Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
 Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan
 Bilgilki eng avval gul tutgan menman.
 
 Falak falakligin qilsa nogahon,
 Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon,
 Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon
 Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman.
 
 Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa,
 Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
 Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa
 Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman.
 
 Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
 Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
 Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
 Bilgilki alarning sardori menman.
   Ko’ngil og’rir sezdirmaydi dil, Yurak yig’lar qilar iltijo. Ko’zlarimga bir bora boqgil, Muhabbatim ko’zlarimga jo… Hayajonga to’lganda dilim, So’zga kelmay qoladi tilim. Ko’zlarimga boqgil sevgilim, Muhabbatim ko’zlarimda jo… Mendan hafa bo’lmagin biroq, Nima desang qilaman bajo. Faqat jonim ko’zlarimga boq, Muhabbatim ko’zlarimda jo…    Kechish mumkin go’zal bahordan, Undan kechsam jonim o’lmaydi. Atirguldan kechish mumkinu, Nega sizdan kechib bo’lmaydi? Yulduzarga tutindim sirdosh, Quyosh chiqsa yulduz kulmaydi. Hammasidan kechish mumkinu, Nega sizdan kechib bo’lmaydi? Ismingizni qalbimga yozdim, Kim sevganda yonib sevmaydi? Jonu tandan kechish mumkinu, Nega sizdan kechib bo’lmaydi?!   Sog’inch,iztiroblar qiynaydi meni, Ko’rasam bo’lmaydi bir kun ham seni. Gar bo’lsa xohshing ko’rmoqqa meni, Kutishga tayorman bir umr seni.    Men seni sog’indim,sog’inayapman, Vujudim nomidan aytmoqda yurak. Qalbimda mujassam faqat bir tilak, Sn menga keraksan,juda ham kerak!    Ko’zlarim kuladi,ko’nglim yig’laydi, Qalbimda nelar bor hech kim bilmaydi. Oh,nechun falakka nolam sig’maydi, Ammo aytolmayman yurak sirlarim.     Yuragim siqilib g’am bossa meni, Kerakmas men uchun g’amxo’r,himoya. Shu onda bir lahza eslasam sizni, Shuning o’zi men uchun yetar,kifoya.   Xotirang qalbimda mangudir ishon, Sensiz shodliklarim qayg’udir ishon. Oxir aytar so’zim ushbudir ishon, Unuta olmasman seni hech qachon!   Visolizga mushtoqman mudom, Ko’rgim kelar takror va takror. Intizorman yo’lizga har on, Ko’rgim kelar sizni men shu on.    Rashk qilib koyimang bir kun, Agar sizni kuttirib qo’ysam. Sizni tashlab ketishim mumkin, Agar sizdan oldinroq o’lsam!   Qoq ikkiga bo’linib ketmasin falak, Qoq ikkiga bo’linib bo’zlamasin oy. Faqat seni deya uradi yurak, Faqat sen uchundir ko’ksimdagi joy!   Sizni sevib siz bilan uchrasholmasam, Bir bora … deb atay olmasam. Yurakdagi dardimni so’zlayolmasam, Sizni sevganimdan ne foyda jonim? Baxtsizlikning tubsiz jarlari yomon, G’amning tugab bitmas onlari yomon. Ayriliqning hijron damlari yomon, Sizni sevganimdan ne foyda jonim? Alamdan boshimni toshga uraman, Sizsiz kechalari qonlar yutaman. Endi bu dunyodan yolg’iz o’taman, Sizni sevganimdan ne foyda jonim?     Tushlarimga kirib necha bor, yana yoqding sog’inch chirog’in. Unutay deb ahd qildim ming bor, Qiynaganda vasliung firog’i. Armon uzdi sevgi gulimiz, Umid yo’qdir birga bo’lmoqqa. Yoroq bo’lsa taqdir yo’limiz, Izn bergin birga bo’lmoqqa.     Yo’q sizni unutmoq emasdir oson, Qalbimni o’rtaydi hali ham hijron. Yurakda bir tuyg’u uradi tug’yon, Men sizni sog’indim,sog’indim yomon!    Sevgidir Ollohdan shirin inoyat, Uni xor qilmoqlik og’ir jinoyat. Sen men uchun,men sen uchun aziz,omonat, O’zingni men uchun asragin jonim!    Sevgi bo’ldi qalbda bir armon, Muhabbatda yo’q ekan farmon. Yurak talpinar faqat sen tomon, Lekin sen yo’qsan,sen yo’qsan hamon.    Tushlarimga kirib necha bor, Yana yoqdiz sog’inch chirog’in. Unitay deb ahd qildim takror, Hech kim anglamas sevgi firog’in. Armon uzdi sevgi gulimiz, Umid yo’qdir sizni ko’rmoqdan. Yiroq bo’lsa taqdir yo’limiz, Nima foyda orzu qilmoqdan?!    Hamma darddan ko’ra ayriliq yomon, Hamma qayg’udan ham yomondir hijron. Qo’limdan kelmaydi sizdan ayrilmoq, Jonimsiz,jondan kechish emasku oson. 
 |