Mehrga zor bu yuraklar Bugun Ikromning tug’ilgan kuni. U 12 yoshga to’ladi. lekin unga bayram ta’timas edi... Ikrom ahilmas oilada voyaga yetdi. Moliyaviy yetishmovchilik tufayli ota-onasi tez-tez janjalllashib turishardi. Ahir oqibat bu kelishmovchiliklar oila parokandaligiga olib keldi. Ota –onasi ajralishdi. Shundan so’ng yolg’iz farzand Ikrom onasi bilan qoladigan bo’ldi. Ammo bir tayanchini yo’qotgan Ikrom 6 oydan so’ng onasidan ham ajraldi. "Ertagayoq olib ketaman”- deb mehribonlik uyiga tashlab ketgan onasi mana 4 yildirki qaytib kelgani yo’q. Xa, aytgancha bir marta Muattar opa (Ikromning onasi) keldiyu ketdi, o’shanda Ikrom onasining diydoriga to’yishga ham ulgurmadi. Mana bugun uning muchal tug’ilgan kuni . mehribonlik uyi rahbari tug’ilgan kunini juda yahshi o’tkazib berishga harakat qildi. Bolalarning barchasi hursand. Hamma o’yin-kulgu qilayapti. Lekin birgina Ikrom deraza yonidan ketmasdi. Huddi hozir onasi kirib keladigandek. "Seni tabriklayman, endi uyga ketamiz” deydigandek edi go’yo ikromga mehri tushib qolgan Dilnoza hola uning holatini tushunardi. Shuning uchun ham rahbardan bir kunga Ikromni uylariga olib borish uchun ruhsat so’radi. - ha, mayli. Bugun uning tug’ilgan kuni. Unutilmas darajada o’tsin. Lekin siz bolaga javobgarsiz. Shuni esingizdan chiqarmasangiz bas.- javob berdi direktor. Bundan hursand bo’lgan Dilnoza hola Ikromni uyiga olib bordi va o’z og’lidek oilaviy ziyofat uyushtirdi. Dilnoza holaning bahtli oilasini ko’rgan Ikrom esa dardini unutish o’rniga g’amiga g’am qo’shildi. - nega, nega axir men ham shunday oilda tug’ilmaganman. Nega adamlar ham oyimlar ham meni yomon ko’rishadi. Aybim nima? Ana shundaysavollar miyasida g’ujg’on o’ynagan Ikrom ko’zi uyquga ketdi. Ertalab esa yana mehribonlik uyiga, o’zigan o’xshagan ota-ona mehriga zor bolalarning uyiga qaytib keldi. Ikrom " oyimlar tug’ilgan kunimni eslamadilar ham. Ahir 12 yoshga to’ldimku? Yoki bugun kelarmikinlar? ” degan o’ylar, yosh to’la ko’zlari bilan deraza yonidan bir qadam ham siljimadi. Ozgina shu yerdan uzoqlashsa oyisi o’tib ketadigandek edi. hattoki u tushlikka ham chiqmadi. Buni ko’rgan Dilnoza hola Ikromni gapga soldi. - ha o’g’lim nima qilib o’tiribsan? Tushlikka chiqmaysanmi? - onajonim kelib qolishlari mumkin. - Ikrom onangni bunday o’tirib kutishing yahshi emas. - Balki ular kasal bo’lib qolgandirlar. O’zim borib ko’rsammikin?! Uyimizni bilaman. Dilnoza hola iltimos oyimlarni ko’rishga olib boring. Bormasam bo’lmaydi. Ularga nimadir bo’lgan. Bo’lmasam kecha kelgan bo’lardilar. Ahir menga so’z bergandilarku. - ruhsat berishmaydi, Ikrom - unda o’zim qochib ketaman – qatiy gapirdi Ikrom. Ikrom bilan suhbatlashgan Dilnoza opa endi direktorning oldiga boshqa iltimos bilan kirdi. - Ikromga bir odam qo’shib bersangiz. U uyiga borib oyisini ko’rib kelmasa bo’lmaydi. U hozir qattiq ruhiy tushkunlikda. Balki shunda onasining mehri toblanib bolasini olib qolarmidi? Nima deysiz? - Balki shunday bo’lsa qani edi. ha, mayli musiqa o’qituvchisi Akbarali bilan birga qo’shib jo’nataman. Faqat ko’p qolib ketishmasin. Bu habarni eshitgan Ikrom osmonda uchib yurardi. Darrov eng sara kiyimlarini kiydiyu Akbarali bilan yo’lga oshiqdi. Avtobusda ketar ekan, onasini kulib qarshi olishini, Ikrom esa onasini to’yib quchoqlashini, mazza qilib gaplashishini, yana boshqa onasi bilan qiladigan ishlarini birma bir o’ylab borardi va ichida " onajonmen sizni juda sog’indim. Endi qo’yib yubormayman. Siz bilan qolaman, oyijon” deyishlarini yodlab ketardi. Mana avtobusdan ham tushishdi. Endi Ikrom o’z ko’chalarini tanib, Akbaralidan o’zib ketishga, tezroq onasini ko’rishga oshiqar edi. uning yuragi tez-tez urardi. Oyoqlarida qaltiroq, ko’zlarida quvonch, labida tabassum, qalbiuning hapqirishi bilan eshik qo’ng’irog’ini chaldi. Hozir onasi chiqadiyu uni quchoqlab qo’yib yubormaydi shunday o’ylardi Ikrom. Lekin eshikni begona bir ayol ochdi. - kechirasiz, bizga Sayyora opa kerak edilar dedi Akbarali. - ha, ha oyim keraklar qo’shildi Ikrom. - ular bu yerda yo’q begona ayolning shu so’zidan so’ng Ikrom boshqa hech nimani eshitmadi. O’z ko’chasidan uzoqlashar ekan. Faqat va faqat bir narsa quloqlari ostida jaranglardi "biz uyni yaqindagina sotib oldik”. Endi Ikrom onasisi butunlay yo’qotganini tushunib yetdi.
|