
Makkai Mukarramada yangi tonnel va ko'priklar Makkai Mukarramada bu yilgi haj mavsumida hojilar marosim marshrutlarida harakatlanadigan 60 dan ortiq tonnel hamda viaduklarning qurilishi nihoyasiga yetdi. Bu yilgi haj mavsumiga otlangan hojilarimiz ushbu yo'llardan ilk marotaba foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar, deb xabar berdi jum'a kuni «Ar-Riyod» gazetasi. Tog'li tumanlardagi aloqa yo'llarning jami uzunligi 30 kilometrni tashkil etadi. Shundan o'n kilometri yo'lovchilar yurishi uchun mo'ljallangan bo'lib, qolganlarida avtotransport vositalari harakatlanadi. Tonnellar eskalatorlar, ventilyatsiya uskunalari hamda energiya quvvatini tejaydigan yoritgich moslamalari bilan jihozlangan, deb xabar beradi gazeta. Saudiyaning «Al-Vatan» gazetasida chop etilgan xabarlariga qaraganda, bu yilgi haj mavsumida haj ibodatini ado etayotgan 100 mingdan ortiq Allohning mehmonlari Madinai Munavvarani ziyorat qilib, so'ng Makkai Mukarramaga keldilar. Xozirda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak shaharlarida u zotning qabrini ziyorat qilish uchun 200 mingdan ortiq hoji to'plangan. «Al-Vatan»da yozilishicha, A/H1N1 virusi yuqish xavfi mavjudligiga qaramay, hojilarining soni o'tgan yilgi shu davrga nisbatan 18%ga oshgan. Xozirda haj ibodatlarini ado etayotgan musulmonlarning ko'pchiligini indoneziyaliklar, nigeriyaliklar, hindlar, pokistonliklar va turklar tashkil etmoqda.
|