Laylak qor
Xotiralarni qo`zg`ab yog`ib berdi laylak qor yana esimga tushdi ul bevafo go`zal yor
Xo`b ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar masrur edim baxtimdan shirin tush ko`rib tunlar
Laylak qor yoqqanida uni ilk bor ko`rgandim ko`rib uni qalbimda sexirli xis tuygandim
U turardi qarshimda shiringina jilmayib qor shu onda atayin yog`ar edi kuchayib
Men xech ko`z uzolmadim betakror ko`zlaridan maftun bo`lib qolgandim samimiy so`zlaridan
U juda dilbar edi kulib turardi yuzi kulgichlarida yashirin bor edi shirin nozi
Ilk muxabbatim edi ul bevafo go`zal yor uchratgandim men uni yoqqanida laylak qor
Samimiy suxbatidan zavq olardim bir jaxon uchratmagandim avval bundayin shirin zabon
Qo`l ushlashib yurardik bog`lar ichra ikkimiz xayolimda bir umr buzilmasdi sevgimiz
Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go`zal yor tanishgandim u bilan yoqqanida laylak qor
Ko`zimizga tikilib tinmay suxbat qurardik yoz oylari qirg`oqdan chig`anoqlar terardik
Ahdu paymon qilgandik ul bevafo yor bilan qasam xam ichgan edik oppoq nafis qor bilan
Tunlari uxlamasdan o`ylab chiqardim uni u aslo sevmas ekan bilmas ekanman buni
Afsus meni tark etdi ul bevafo go`zal yor Sevgan edim men uni yoqqanida laylak qor
Ko`rdim boshqasi bilan yurardi bevafo yor samodan esa tinmay yog`ar edi laylak qor
Xotiralarni qo`zg`ab yana yog`di laylak qor yurib borardim sekin kumush qish fasli edi
Osmondan biram go`zal laylak qor yog`ar edi nogoh nazarim tushdi ul bevafo go`zalga
Negadir xarakati o`xshardi telbalarga jinni bo`lib qolganmi deb o`yladim men uni
Surishtirib so`ng bildim xaqiqatligin buni aqldan ozgan edi ul bevafo go`zal yor shunda xam esa tinmay yog`ar edi laylak qor
So`ng bir oz vaqtlar o`tdi balki oylar balki yil bir fojea bo`lgandi aytolmaydi buni til
Eshitdimu yig`ladim kelmas edi ishongim xar qancha bo`lganda xam men uni sevar edim
Olamdan o`tgan edi ul bevafo go`zal yor doimgidek samodan yog`ar edi laylak qor
Bevafo bo`lsada u yashab yursa bo`lardi xayotda baxtli yursa ko`nglim nurga to`lardi
Qalbim tig`langan edi endichi nima bo`ldi o`n gulidan bir gulim ochilmaganim so`ldi
So`nggi vaqtda negadir ko`proq yolg`iz yurarkan laylak qor yoqqanida to`yib to`yib yig`larkan
Yoz oylari xam yolg`iz dengizlarga borarkan qirg`oqlardan erinmay chig`anoqlar terarkan
Avvalgidek shirinmas ekan uning so`zlari mayus tortib qolibdi xatto xumor ko`zlari
Oxir chiday olmasdan joniga qasd qilibdi tig`ni olib qo`liga tomirlarin tilibti
Yiqilibdi shu onda ul bevafo go`zal yor qonga belanib qopti zamin uzra yoqqan qor
Bevafoim go`zalim nega meni tark etding bechora oshig`ingni sen yolg`iz tashlab ketding
Juda qattiq sevardim tashlab ketgan bo`lsangda unutolmayman seni gar marxuma bo`lsangda
Xuzuringga borgandim ey bevafo go`zal yor qabring ustiga tinmay yog`ar edi laylak qor
O`ksib o`ksib yig`ladim bag`rim bosib qabringga bevafo bo`lsangda sen yetar edim qadringga
Xotiralarni qo`zg`ab endi yog`ma laylak qor o`rik qiyg`os gulladi kapalaklar kelishdi
Gullar ifor taratib baxorligin aytishdi quvonch baxshida etar ushbu fasli maftunkor
Menchi ga`rib bag`ringga boqar edim umidvor qabring ustida jonim lola bo`lib ochildang
Asta asta uzilib men tomonga sochilsang Nega qaldirg`och bo`lib in qurmaysan uyimga
Qanoting qoqib maxzun bo`y urmaysan bo`yimga
Xech bo`lmasa samodan ko`z tikmaysan men tomon tushlarimga xam kirmay rangim aylading samon
Ayni damda xotira qiynamoqda dilimni Bog`da sen uchun ekkan uzgim kelmas gulimni
Seni eslatib turar xatto ona tabiat o`ylayman go`yo senga yaralgandek muxabbat
Kuz boshlanar to`satdan qalbim sarg`ayib qolar barg o`rniga orzular bitta bitta to`kilar
Xazondek rang kasb etgan mening xasta yuragim tezroq yoningga borish mening yolg`iz tilagim
So`ramayman kerakmas yonib turgan yulduzlar mayli muxim xam emas xatto kecha kunduzlar
Qaniydi porlab tursa mangu yumuq ko`zlaring uzim ko`rib tursaydim xar bir bosgan izlaring
Sen bilan nafas olsam bu musaffo xavodan seni tortib olsaydim shafqatsiz bu samodan
Qor yog`adi maydalab qabring ustiga jonim azob bo`lar bu tarzda xar bir o`tkazgan onim
Sovqotdimi jonginam nozikkina qo`llaring naxot endi ko`rmaysan qor to`shalgan yo`llaring
Shu ichra erkam men yotsam bo`lmasmidi gar xayot bo`lsang ekkan gullaring so`lmasmidi
Xa bilmaysan nozigim sen ekkan gullar so`ngan Sening yo`qliging bilgach ular xam tamom bo`lgan
Sensiz go`zalim gulim tinmay yig`lar bu yurak bunday g`am chekib yashash aytginchi kimga kerak
Go`yo tirik murdadir qiyofam xozir mening qanchalar ko`rgim kelar charos ko`zlaring sening
Yashayapman yuzimda soxta tabassum bilan qalb to`la zardobligin faqat o`zim bilaman
Qaniydi imkon bo`lsa sen tomonga uchardim ushlab olib qo`lingdan keyin maxkam quchardim
Xech kimga bermas edim ushlab olsam qo`lingdan xech qo`yib yubormas edim o`shal nozik belingdan
Ammo qachon keladi men kutgan o`sha laxza xar dam umid qilaman bo`lar deb bir mo`jiza
Yodimdadir azizam biz yurib o`tagan yo`llar qirg`oqlarda chopib biz sayr etgan yo`llar
Xar doimgidek yana o`rik qiyg`oz gullaydi kapalaklar parvona tarofida bo`ylaydi
Sezib turaman guldan ari asal yig`adi birqo tinmayin yurak o`ksib o`ksib yig`laydi
Tuyulaverar menga kamdek kimdir nimadir bu senliging bilsamda til aytishga ojizdir
|