Rad etasizmi yoki fikrimga qo`shilasizmi,quyidagilar bu yolg`onchi dunyodagi xaqiqatlardir.
1. O`quvchi hech qachon Ustozim <5> baho qo`ydi demaydi, <5> baho oldim deydi va hech qachon <2> baho oldim demaydi, ustozim <2> baho qo`ydi deydi.
2. Talabaga imtihon bo`lar ekan desangiz, birinchi savoli <Nima fandan?> deb emas, <Qachon?> deb jaranglaydi.
3. Biz Allohdan uzoq umr so`rashimiz mumkin, Biz Allohdan sog`lik so`rashimiz mumkin, Biz Allohdan baxt so`rashimiz mumkin, Biz Allohdan boylik so`rashimiz mumkin, Ammo hech qachon Bir chimdim aql ber, deeb so`ramaymiz.
4. Toshbaqa kapalakka qarab <Bir kunlik umriga yelib-yugurishini qara> desa, kapalak toshbaqaga qarab <Ming yillik umriga sudralib yurishini qara> derkan.
5. Ayol qalbi - teskari magnit.Uzoqlashsang-yaqinlashadi,yaqinlashsang,uzoqlashadi.
6. <Baxt boylikda emas> deb kambag`al o`zini yupatadi. <Baxt bozlikda emas> deb boy kambag`alni yupatadi.
7. Baxtli odam xudbin bo`ladi,baxtsizlarni o`ylamaydi. Baxtsiz odam xam xudbin bo`ladi,baxtlilarga xasad qiladi.
8. Siz atrofdagilardan o`rinli tanbeh eshitsangiz xursand bo`ling,kamchiliklarni tog`rilashga xarakkat qilasiz. Atrofdagilardan noo`rin tanbeh eshitsangiz ham xursand bo`ling, negaki <Mevali daraxtga tosh otiladi,manzaraliga emas>.
|