Moskva davlat universitetida bo‘lib o‘tgan olimpiadada 16 davlat: Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldaviya, Ruminiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston va Saudiya Arabistonidan 100 dan ortiq milliy kimyo olimpiadalari g‘oliblari qatnashdi.
Eng ko‘p – 11 ta medalni qozog‘istonliklar qo‘lga kiritdi. Rossiya 10 ta, O‘zbekiston 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Oltin medallar bo‘yicha esa yuqori uchlikni Ruminiya (5 ta oltin medal), Rossiya (3 ta) hamda Belorussiya va O‘zbekiston (bittadan) vakillari egalladi.
Bundan tashqari, Ruminiy, Rossiya, Belorussiya va O‘zbekiston ishtirokchilari birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Yana 20 o‘quvchi ikkinchi, 32 ishtirokchi esa uchinchi darajali diplomlarga sazovor bo‘ldi.
Asosiy mukofotlardan tashqari, olimpiada sovrindorlari Rossiyadagi yetakchi OTMlardan birida bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ladi, ular birinchi bosqichga imtihonsiz qabul qilinadi.