SEVGI - insonga bir bor beriladigan, eng muqaddas tuyg`udir. Uni har bir inson o`zicha talqin etadi. Shunga ko`ra sevgi izhorlari ham turlicha jarang sochadi, uning o`ziga xosligi ham shu bilan belgilanadi. Bugungi yangiligimiz orqali mashhurlar va sayt azolarining dil tubidagi muxabbatlarini ochiq oshkor etishadi...
XUSAN, XONANDA: - Shu vaqtgacha hech kimga dil izhor qilmaganman. Agar kimidur chin dildan yoqtirib qolsam, birinchi navbatda uchrashuvga taklif qilaman. Ikki og`iz shirin suxbatini olib, diydoriga to`yib, so`ng "ASALIM MEN SENI SEVAMAN!" deyman.
VALIJON SHAMSHIYEV, SO`Z USTASI: - Agar imkon bo`lganida Yuragimni tutardim qo`lingizga. Poyondozlar bo`lar edim Sizning yurgan yo`llaringizga. Ularni har safar ko`rib, chidayin qandoq? Otam - onam qo`llariga bo`lgandur qadoq. Sevgimni ularga izhor etardim Balki shundagina murodga yetardim. Shu kunlarda ishlarim ko`pligi bois, ota- onamga ko`p vaqt ajratolmayapman shu sabab, dilimdagini ota-onamga aytishga axd qildim. Qizlarga sevgi izhor qilgani esa qo`rqaman. Boisi rost deb o`ylashadi (kulib).
ASAL SHODIYEVA, AKTRISA: - "MEN SIZNI SEVAMAN!" Bu doimiy gapdek tuyulishi mumkun. Lekin mening ushbu izhorim mutlaqo samimiy va yuragimdan chiqayapti. Axir yurakdan chiqqan so`zgina yurakka yetib boradi-ku!
NILUFAR USMONOVA, XONANDA: - Yaratgan egamga tasannolar, Seni menga uchratdi jonginam. Mening borim, go`zalligim, faqat sening MUXABBATINGLA, deyman.!
SHAXRIYOR, XONANDA: - Seni ko`rdim men, Bir bor sevdim. Qalbimda qolgin umrbod Mening SEVGILIM, deya dil izhorimni bildirardim.
ALISHER UZOQOV, AKTYOR VA XONANDA: - Agar xaqiqatdan ham sevib qolsam, hammaga jar solmasdan, qulog`iga "SENI SEVAMAN", deb pichirlardim.
RA`NO SHODIYEVA, O`ZBEKISTONDA XIZMAT KO`RSATGAN ARTIST: - Sevgining birinchi alomati - yoningdagi insonning kamchiliklari senga erish tuyulmasligi. Sevgan insonimga sevishimi kam aytaman. Lekin u kishiga doim "XAYOTIM" deb murojaat qilaman.
Bular faqat xonandalarning fikri edi, endi esa sizlarga saytimizning ba`zi bir userlari bilan suxbat bo`lib, olgan javoblarimni xavola qilmoqchiman...
GENERAL, GRUPPA ==VIP==: - Ko`zlariga boqib, qo`liga uzuk taqib SEVGIMI IZHOR qilganman.
NAJOT_NUR, GRUPPA ==SILVER==: - To`g`risi shu paytgacha sevmaganman. Faqat yoqtirishim mumkun lekin sevolmaganman. Chunki bu mani tabiatimga to`g`ri kelmaydi sevib qolish. SEVGI Avvalo OLLOHGA BO`LADI. Keyin ota-onaga, keyinchalik qizga.
ABILQOSIM, GRUPPA ==SILVER==: - Ha sevganman. Lekin unga o`zim sevgi izhor qilmaganman. Aslida qizni o`zi mani sevib qolgan. Oyimdan nomerimni olib, telefon qilgan. Keyinchalik sevib qolganman uni.
- Agar har kun ko`radigan odamim bo`lsa, manga bo`lgan muomalasini oldin yaxshilab kuzatgan bo`lardim. O`zi sevib qolishini kutardim... Biz bo`lajak turmush o`rtog`im bilan oldin judayam qalin do`st bo`lganmiz. Ularni sevishlarini o`zidan o`zi rashk qilib, urush qilganlaridan sezganman. Ula keyin etganla "Nega chunmisan Shirin, SANI SEVAMANU.." deb, man o`shandayam sezdirmaganman sevishimni, olmaxonli qilganman rosa.. (miriqib kulib).
FUNNY UZBEK, GRUPPA CHAT ADMIN: - MAN SEVISHIMI HAZIL HUZUL QILIB AYTIB QO`YGANMAN. YA`NI SHIRIN SO`ZLA BILAN!!!
RIMAX, GRUPPA ==SILVER==: - Man to`g`risini aytsam shu paytgacha ikkita qizni sevib qolganman. Shu desez birinchisiga ayta olmaganman sizni sevaman deb, yosh bo`lganligim sabablimi bilmadim... Ikkinchisiga esa shunchaki "SIZNI YOQTIRAMAN" deb aytganman.
V1RUS, GRUPPA FAOL: - Ikki yil oldin sevib qolganman. Sevishimni Birinchi bor SMS tarzida aytganman, va keyin telefon qilganman... Keyinchalik ko`zlariga boqib aytganman.
IZZAT, GRUPPA ==SILVER==: - Shu paytgacha hech kimni sevamaganman, agar sevib qolsam, "SENI SEVAMAN" deb aytaman tamom. Ishonish ishonmaslikni o`ziga qo`yib beraman.
JAJJIGINA, GRUPPA ==SILVER==: - Sevib qolsam, sevishini kutaman. U ham, man ham sevib qolsak, SMS tarzida "MSS" deb oddiygina jo`nataman.
MUXAMMADBOBUR, GRUPPA FAOL: - Him, sevganman lekin sevgimni ayta olmaganman ichimda qop ketgan... Endi esa sevishga harakat qilaman lekin sevolmayman. Sevsangu sevmasa yomon ekan...!
SARDOR AKA, GRUPPA FAOL: - Man sevishimni vaziyatga qarab aytaman. Avvalo, qizni xarakteriga qarayman. Masalan, ba`zi qizlarga srazi sevgi izhor qisez yoqadi, ba`zilariga esa sekin-sekin... Ba`zi bir qizlar borki, srazi sevgi izhor qilsez noto`g`ri tushunib ketishadi va natija salbiy bo`ladi.
KRIS, GRUPPA CHAT ADMIN: - Man sevib qolsam prosta tak aytaman... Lekin hali aytishga uspet qilmaganman. Yani sevib ulgurmaganman.
ZEBUSHA, GRUPPA FAOL: - Shu paytgacha sevib qolmaganman. A sevib qolsam koneshno o`ziga aytomiman, chunki uyalaman. O`zi sevasanmi desa, "Xm" deb uyalib aytaman. Keyinchalik SMS da ayta olishim mumkun.
KOSONSOY_UZ, GRUPPA SAYT MODERATORI: - Manda bu savolizga javobim yo`. Chunki shu paytgacha sevmaganman bundan keyin ham sevmayman va keragi ham yo`q deb o`yalayman. Mani unchalik ham qiziqtirmaydi bu narsalar.
ARMONCHA, GRUPPA FAOL: - Maktabda o`qib yurgan kezlarim bir qizni yoqtirganman va o`sha damlar o`yin- kulgu qip aytganman... Undan keyin hech kimni sevmadim.
|