
Bir kun ketar gul bag'ringdan, armonlaring,
Közlaringdan tökma yoshing - marjonlaring. Yuragimga otma achchiq paykonlaring, Mehmon bölib kelgan bölsam kelibmanda! Köp öynama kokilingni, tolasini, Kuydirma qiz bir bandani, bolasini. Sen bilmasang, xudo bilar nolasini, Giryon bölib kelgan bölsam kelibmanda! Mehr izlab qahru g'amga botgan edim, Jannat izlab sahrolarni topgan edim. Toshyurak yor tosh yölingda qotgan edim, Sarson bölib kelgan bölsam kelibmanda! Bir yaxshidan bir yomondan topdim ozor, Umid otli bozorga böldim xaridor. Boshim qöyib ostonangga bulbulizor- Nolon bölib kelgan bölsam kelibmanda! Sozim sinsa kuyim qolgay navolarda, Jonim olsang ruhim kezgay samolarda. Sadoiyni yoqsang ming bir balolarda, Qurbon bölib kelgan bölsam kelibmanda!.. Shamsiddin SADOIY
|