 Ma’lumki, qadim zamonlardan beri hayvonlar hatti-harakatiga qarab
tabiat hodisalari va ob-havo oldindan bashorat qilib kelinadi
Ho‘sh,
hayvonlar bo‘lajak voqealarni qanday qilib oldindan biladi? Bunga
nima yordam beradi? Xuddi shu kabi savollar bilan qiziqqan Xyuston
ob-havo byurosi bir fermerning sigiri bilan musobaqalashdi. Mahalliy
gazeta hakamlik qilib, ob-havoni oldindan aytib berishda har bir
to‘g‘ri ma’lumot uchun bir ochkodan baholab bordi.
Buni qarangki, musobaqa yakunida fermerning sigiri Xyuston ob-havo
byurosi ustidan 9:8 hisobida g‘olib chiqdi.
Voqeani
kuzatib borgan mutaxassislar uni ilmiy jihatdan asoslashga
shoshilmasdan, xilma-xil xarakterdagi va turli vaqtda ro‘y
beradigan hodisalar — biosistemaning xatti-harakati bilan
atrof-muhitning ahvoli o‘rtasidagi aloqadorlikni chuqurroq
o‘rganish kerakligini ta’kidlashmoqda. Biroq shu
o‘rinda yana bir savol tug‘iladi: Chumolidek bir jonzot
qishda yog‘adigan yog‘in-sochin miqdorini yozdayoq bila
olsa, inson miyasidagi kelajakni oldindan ko‘ra bilish
qobiliyati, uning murakkab biosistemasi nimalarga qodir ekan?
|