
Статистика |
XOZIR SAYTDA 11 MEXMON 11 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2010 » Сентябрь » 26 » Kech bo'lmay turib tavba qiling...
17:05 Kech bo'lmay turib tavba qiling... |
 Mana yana o’z dardu-alamlarimga burkangancha oppoq qog’ozni bo’yashni ziyoda qildim. Tog’risini aytsam kechasi bilan michcha qoqmay tun bo’yi yig’lab chiqdim. Ammo, bu gal sevgi dardida emas, aksincha undanda ustunroq, undanda kuchliroq azob meni ich-etimni kemirardi. Ohiratimni o’ylasam ko’zimdan yosh tinmay suv kabi quyilardi. Savollar ketidan savollar tug’ulaverar, biroq hech biriga aniq bir dalil taqdim etolmasdim. Eng avvalo yuragimda jar solinayotgan savol "Alloh meni kechirarmikin?” deyilar edi. Bilamanki bu savol har-birimizning yuragimizga g’ulg’ula soladi. Bir kunning o’zida qanchalab gunoh, yolg’on va ahloqsizlik ishlarini tamomlaymiz. Kunning ohirida esa tavba qildim allohim o’zing kechirgin deya sajdaga bosh qo’yamiz. Yana uyalmay netmay ertasiga bir begunoh insonni dilin og’ritishda davom etamiz.... Yaxshisi sizlarga bir yigit haqida aytib beray. U gunoh ishlarni juda yoshligidan qila boshlagan va 17 yoshga to’lganda o’z hisobiga turli ahloqsizliklar, kattayu-kichik gunohlarni yozib ulgurgan edi. U hatto yosh bir qizni zo’rlagan ham ekan. O’girlik ham qilgan. Bir kun u shunday deydi " Men allohga tavba qildim va hozir bazi kunlari kechasi turib tahajjud namozlarini o’qiyapman, dushanba va payshanba kunlari ro’za tutayapman va Bomdod namozidan keyin Quron o’qiyapman. Tavbam qabul bo’larmikin?” deb so’radi. Shunda Alloh taolo deydi " Ey odam farzandi mudom menga duo qilar ekansan va mendan umid qilar ekansan nima qilgan bo’lsang ham (qanday gunoh bo’lishidan) qattiy nazar kechiraman. Agar gunohlaring osmondagi bulutlarga qadar yetib borsa va Mendan mag’firat so’rasang (qandan gunohligidan) qatiy nazar, mg’firat qilaman. Biroq mening huzurimga yer yuzichalik gunohlar bilan kelsangu, Menga hech narsani sherik qilmagan holda yo’liqsang, Men senga yer yuzichalik mag’firat ro’baro qilaman” degan ekan. O’ylab ko’ringlar allohim qanchalik rahimdil zot. Kech bo’lib ulgurmasidan avval tavba qilaylik, allohning raxmatidan noumid bo’lmaylik. Lekin nega shu narsalarni bila turib yana yomon ishga qo’l urushda davom etar ekanmiz. Agar malol kelmasa sizlarga savolim bor. Nima uchun 5 vaqt namozni o’qimaymiz? Qani bir tuzuk o’zingizni ohlovchi dalilingiz bormi? Faqatgina eng ko’p qulog’imizga chalinadigan javob bu "Vaqtim yo’q” Nahotki qanchalab vaqtimizni gunohlik ishlarga sariflasakku biroq shu qilgan gunohlarimiz evaziga, uni yuvish uchun 10 minut vaqtimizni namoz o’qishdan qizg’onsak….. Men faqatgina o’zgalarni emas aksincha o’zimni ham nazarda tutib aytayapman. O’zim qanchalik noshukur banda ekanligimni juda yaxshi bilaman. Bazan yon atrofimga bir-bor nazar tashlayman va qanchalik dilimga yaqin bo’lgan insonlarni u dunyoga kuzatar ekanman, asta sekin o’ylab qolaman, rozilik oldimmi deya?...ularni tirikligida nima qildim deya?...Vaqtida ularni qadriga yetmay qolib exx attang deb bosh qashib qolishdan qo’rqib qolaman. Bu dunyo g’animat ekanligini qachonki ko’zimiz ochilganda anglab yetar ekanmiz. Bu ot’kinchi dunyoda hammani armoni bo’lganiday meni hayotdagi armonlarimdan biri bu o’z yaqin insonlarimni erta yo’qotganim. Afsuski hech o’ylamagan ekanman bir kun kelib ularni yuzidagi kulib turgan tabassumlarini sog’inaman deya. Bazan shunday keng dunyo ham tor bo’lib qolarkan, huddi 5 kun dunyo 5 kunligini ko’p ko’rganday. Bu bilan sizlarga aytmoqchimanki hali hayot ekansizlar, tanu-joningiz sog’ ekanmi vaqtidan kerakli daromatda foydalanib olinglar. Qachonki qo’shningiz olamdan o’tgan kezda hech o’ylab ko’rdingizmi nega allohim meni emas uning jonini oldi deya?... Balkim sababi rahimdil allohim sizga yana bir-bor imkon bergandur o’z gunohlaringizni yuvishga, hech bo’lmasada tavba qilishga… Qani vaqtingiz borligida allohni bizga ko’rsatgan karomatlari evaziga shukrona aylab ul zotni yodga olgan holda " Allohimga shukr, yetqizganiga shukr, ey Allohim bilib bilmay qilgan gunohlarimni o’zing mag’firat qilgin, tavba qildim lo illolohu illoloh Muhammad rasurilloh.” deya olasizmi?....
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1435 |
Добавил: Soliha_Muhammad_Ummati
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|