Ulug`bek Rahmatullayevning "Kapalak” qo`shig`i 2009 yilning eng xit qo`shiqlaridan biriga aylangani hech kimga sir emas. Axir to`rt kunda butun respublika bo`ylab tarqalgan ushbu qo`shiq yaqindagina Sardor Rahimhonnig konsertida ijro etilganida ham o`z kuchini yo`qotmaganini isbotlay oldi. Endi esa yana bir imtihon yaqinlashmoqda. MTVA &A AWARDS taqdimot marosimi. O`ylaymizki, "Kapalak” bu marosimda o`z munosib bahosini oladi. Ayni kunlarda esa xonanda jiddiy bir loyiha ustida bosh qotirmoqda. Uning nima va yoki qanday bo`lishi haqidagi barcha ma`limotlar yaqin kunlardagi eksklyuziv suhbatda ma`lum bo`ladi. O`tkazib yubormang!