Talablariga binoan yana ayollar haqida: Anas ibn Molik(r.a) rivoyat qilgan hadislarida Nabiy (s.a.v) aytganlar: "Sizlarning ichingizdagi jannatga kiradigan erkaklar haqida xabar beraymi?","Ha ey Rasululloh",dedik.Shunda:"Payg'ambar jannatdadir,siddiq jannatdadir,shahar ichidagi birodarini ziyorat faqat Alloh uchun ziyorat qilguvchi erkak jannatdadir.Sizlarga jannatga kiradigan ayollaringiz haqida xabar beraymi?",dedilar."Ha,ey Rasululloh" dedik.U kishi: "Mehribon va tug'uvchan ya'ni eriga mehribon,itoatkor va ko'p farzand ko'ruvchi ayoldir.Agar ayol g'azablanib yoki biron narsasi yoqmay erining jahlini chiqarsa:"Mana qo'lim qo'lingizda,rozi bo'lmaguningizcha uyquga ko'z yummayman",deb aytdi. (Tabaroniy rivoyati). Eng xayrlisi... Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladi: Rasululloh(s.a.v) dan so'radi: - Qaysi ayol xayrliroq? Payg'ambarimiz (s.a.v): "Eri qaragan vaqtida uni mamnun qiladigan,buyurganiga itoat qiladigan,uni xohlagan paytida ko'nglini qoldiradigan tarzda unga muxolifot qilmaydigan va qo'l ostidagi molni eri norozi bo'ladigan shaklda sarflamaydigan ayoldir",deb javob berdilar. Tenglik Rasululloh (s.a.v) ham bir hadisi shariflarida ayol bilan erkak orasidagi tenglikni shunday bayon etganlar: "Ayol-erkak - barcha insonlar taroq tishlari kabi bir-biriga tengdirlar".Boshqa bir hadisi sharifda esa shunday deydilar: "Ayol-erkak barcha musulmonlar qarindoshdirlar.Bir kishining boshqa bir kishidan taqvodan boshqa hech bir ustunligi yo'qdir".
|