Siz hali ko`p izlaysiz meni, Maxshargacha yig`laysiz yonib. Yonin olib bugun taqdirning Ketmoqdasiz Sevgidan tonib. Bu she`r nolish emas taqdirdan, Xud-behuda aytib netaman? O`sha tog`day yuragingizdan, Vulqon bo`lib chiqib ketaman! Bu tun balki yupatolmayaman, Yuragimga tasalli so`zlab... Ko`zingizdan topa olmadim Ko`zlarimning hokini izlab! Bir so`zim bor ishonchla aytgum, Ketganida ko`nglingiz to`lib, Men o`shanda albatta qaytgum Ko`zingizni yoshlari bo`lib!!! Siz hali ko`p izlaysiz meni, Maxshargacha yig`laysiz yonib. Boshingizni urasiz hali Pushaymonning Poyiga Borib!!!