SESHANBA, 2025.06.24, 20:56
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 2
MEXMON 2
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Декабрь » 10 » Iqlim isishi O'zbekiston uchun ham xavf-xatar kasb etmoqda
01:28
Iqlim isishi O'zbekiston uchun ham xavf-xatar kasb etmoqda
                     
Sayyorada harorat oshgani sari muzliklar ham tezroq erimoqda, jumladan, Markaziy Osiyoda
Global ekologik muammolarga qarshi qanday choralar ko'rish kerakligi haqida Kopengagenda xalqaro anjuman davom etarkan, iqlim o’zgarishi Markaziy Osiyoga ham tahdid solayotgani ta’kidlanmoqda.

Mintaqa uchun suv taqchilligi katta muammo bo’lib turgan bir paytda mintaqa muzliklarining erishi tezlashib, suv manbalari yanada kamayishi kutilmoqda.
Markaziy Osiyo rahbarlari iqlim isishiga qarshi kurash u yoqda tursin, suvni taqsimlashga ham kelisha olmayapti.

Kopengagenda o'tayotgan anjumanda dunyoning yetakchi davlatlari atmosferaga zaharli gaz chiqarishni kamaytirish haqida bitimga kelishi kutilmoqda.
Dunyo miqyosida iqlim isib borishining asosiy sababi havo ifloslanishida deb ko'riladi. Kopengagen sammiti muhokama qilayotgan choralar mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega.

Mutaxassislarning aytishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi bir tomondan Orol dengizini yo'qotish natijasida ekologik inqirozni boshdan kechirayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan global iqlim o’zgarishi tahdid solib turibdi.

Mintaqa suvining asosiy manbasi Tojikiston va Qirg’izistondagi muzliklar. Iqlim isishi natijasida muzliklar erishi tezlashmoqda. Tojikiston olimlari fikriga ko'ra, 2050 yilga borib, mamlakatdagi muzliklar bir kilometrgacha qisqarishi mumkin.
Qirg'izistondagi ma'lumotlar ham shunga yaqin. Tojikiston va Qirg'iziston yirik suv to'g'onlari qurishni boshlashgan. O'zbekiston bunga keskin qarshi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Afinada o'tgan anjumanida Rog'un va Qambarota gidro-inshootlarini qurish, bu yirik loyihalarga sarmoya qidirish harakati davom etayotganini aytib, respublika bundan norozi ekanini ta'kidlagan.
O'zbekiston bu inshootlarni xalqaro miqyosda ekspertizadan o'tkazishni talab qilmoqda. Suv taqsimoti uchun kurashayotgan davlatlar muammoga jamoatchlik e'tiborini ham tortishgan. Matbuotda bu boradagi chiqishlar ko’paygan.

"Gigantomaniya degan so'z bor, Tojikiston prezidenti to'g'on balandligini 340 metrga ko'tarmoqchi. Hatto rossiyalik mutaxassislar ham aytishdi, buncha balandlikni ko'tarmaydi deb. Boshqa davlatlar O'zbekiston, Qozog'istonning roziligini olmasdan bunga yordam bermasa kerak. Xalqaro hujjatlarda shunday - avval qo'shnilarning roziligini olish kerak. Buni Eron, Xitoy, Rossiya ham o'ylab ko'rsa kerak. Agar shunaqa bo'laversa, biz Tojikistonga ham, Qirg'izistonga ham shunaqa talablar qo'yishimiz mumkin, ular bu talablarni umuman bajara olmaydi. Suv masalasi juda qiyin, faqat kelishib ishlash kerak, buni men o'zbekistonlik bo'lganim uchun emas, mutaxassis bo'lganim uchun aytayapman”, - deydi ekolog Tohir Majitov.

O'zbekistonlik mutaxassislardan yana biri, German Treshalov Tojikiston GESni Rog'un emas, Sarez ko'lida barpo etgani ma'qul degan fikrda.

"Sarez ko'lidagi mavjud tabiiy to'g'onlar Rog'unda rejalanayotganidan ham baland, sun’iy ravishda to'g'on ko'tarishga ham hojat qolmaydi. Boshqa tomondan esa Sarez GESini qurish nafaqat elektr ishlab chiqarish, balki to'g'onlarni mustahkamlash, suv hajmini kamaytirish orqali ko'ldan kelayotgan xavfni bartaraf etishni ham maqsad qiladi ”, - deydi Treshalov.

XX asr boshlarida kuchli yer silkinishi tufayli hosil bo'lgan Sarez ko'li chuqurligi hozir 500 metrdan oshiq, suv bosimi kuchayib tabiiy to’g'on dosh bera olmasligi xavotir uyg'otib keladi.

Suv va energetik taqchillik anchadan buyon muhokamada, bu borada tomonlar hamkorlikka boradi, deyish qiyin. O'zbekiston yaqinda mintaqani birlashtirib turgan energiya tizimini tark etdi. Energetik ta'minotda mustaqillikka intilish kuchaygan.

Tahlilchilar nazarida iqlim isiyotgani, mintaqa muzliklari erishi tezlashayotgani, suv taqchilligi yuzaga kelishi bor haqiqat. Muammo suv taqsimotiga kelishib olish bilan yechilmaydi. Global iqlim o'zgarishi, ekologik inqiroz, suv taqchilligi mintaqa davlatlaridan yaxlit hamkorlik atrofida birlashishni talab etadi.


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 1776 | Добавил: MoniKa | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz