Dugonam mail-agent orqali bir yigit bilan tanishgan edi. Yigit unga ko‘rmay turib oshiq bo‘lganini, usiz bir kun ham yasholmasligini aytibdi. Dugonam yigitning gaplariga ishonibdi. U har kuni internetga kiradigan bo‘lib qoldi. Undan buning sababini so‘raganimda, har xil bahonalar topardi. Yigit qizni shunchalik o‘ziga og‘dirib olgandiki, u bolalikdan birga o‘sgan do‘stlarining ham gapiga kirmadi. Internet orqali u bilan gaplashib yuraverdi. Oxir-oqibat, darslarga qatnashmay o‘qishdan haydaldi. Mahallada gap-so‘z bo‘lib ketdi. Yigit qizning qo‘ng‘iroqlariga javob bermasdi. Sekin-asta dugonam ham o‘zini chetga torta boshladi. Internetga ham kirmay qo‘ydi. Nihoyat, yigit boshqasiga uylandi. Dugonam esa hamon uni kutib yashayapti...