Shu yaqin kunlar ichida mehmonlar kitobida bir habarni o'qidim, unda yangi o'zbekcha pochta haqida gap yuritilgan. Sayt manzilini terib saytga kirsam wap.mail.ru saytining bosh sahifasini o'zbek tiliga o'girilgani chiqdi. Qiziqib sayt sahiflariga birma-bir kirib chiqdim. Bilishimcha saytda hech narsa yo'q! Sayt tepasiga qizil yozuvlar bilan yozilgan yozuvga ko'zim tushdi. Unda "Saytimizda faqat pochta o'zbekcha" degan yozuvga ko'zim tushdi. Hop deb pochta sahifasiga kirib ko'rdim. Har doimgi odatim bironta sahifaga kirsam darrov uni HTML kodini ko'rish uchun "Ctrl+U" tugmasini bosaman. Bu safar ham shunday qildim. HTML kodni yaxshilab o'rganib chiqqach bu sahifada terilgan login va parollar boshqa bir kishining pochtasiga jo'natilishi aniq bo'ldi. Demak bu sayt hech qanday o'zbekcha pochta emas shunchaki ko'zbo'yamachi saytligi aniq bo'lib qoldi. Endi o'ylang agar men shu gaplarga ishonib pochtaga kiraman deb o'z login va parolimni kiritganimda bu bilan o'z pochtamdan ayrilishim aniq edi!
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bir saytda ro'yhatdan o'tdingizmi unga faqat shu sayt orqali kiring. Xech qachon boshqa sayt orqali pochta va boshqa hizmatlarga kirmang. Aks holda sizning login va parolingiz boshqa birovni qo'liga tushib qolishi aniq!