
Intel kompaniyasi kuni kecha o‘tkazilgan Computex ko‘rgazmasida yangi avlod noutbuklarini – "ultrabuk” umumiy nomi ostidagi judayam yupqa leptoplarni namoyish qildi. Ushbu noutbuklar korpusining qalinligi 0,8 dyum (20 mm)dan oshmaydi.
Kelasi uch yil mobaynida Intel o‘zining Intel Core protsessorlarining navbatdagi avlodlari – Sandy Bridge, Ivy Bridge va Haswell asosida ishlovchi ultrabuklar chiqarishni rejalashtirmoqda. Ekspertlarning fikricha, ushbu protsessorlar zamonaviy noutbuklarga qaraganda ikki barobar kam energiya iste’mol qiladi. 
Kompaniya allaqachon "ultrabuk” ("ultrabook”) so‘zini tovar belgisi sifatida o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib ulgurgan. Bu shuni bildiradiki, Intel kompaniyasining raqobatchilari o‘zlarining elektron qurilmalari uchun bu nomdan foydalanishlari mumkin emas.

Computex ko‘rgazmasida ilk "ultrabuk” modeli – ASUS UX21 namoyish etildi. Mazkur model sentabr oyidan sotuvga chiqariladi va uning narxi 1 000 $ atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: РБК
|