Hozirgi sevgi Hozirgi yoshlarda kuchli muhabbat, Ahdu-paymon zo’rdir, zo’rdir sadoqat. Otabek – Kumushlar sevgi bobida Ip ham esholmaydilar ular oldida. O’zingiz ayting-chi, Majnun hech qachon Daraxt tanasini o’yib beshafqat, Layliga qilganmi ishqini bayon- Mana buni derlar asl muhabbat! Yoki ayting, Farhod Shirindan boshqa Seva olganmikan ko’plab qizlarni? Ko’mir-la yozganmi devour- toshga "Farhod plyus Shirin” degan so’zlarni? Didi nozik deyman yoshlarning chog’i, Tanlab, so’ng sevgisin izhor etadi. Uchrab qolsa agar chiroylirog’i, Oldingisin darhol tashlab ketadi.