Qalb ko'zdan oldin sezadi Yuragingizni ko'z qorachig'idek asrang, chunki u hayotning asosidir. V. Garvey *** Yuragida o'ti yo'qni xarorati yo'q. O'zbek maqoli *** Odam yuragi bilan, daraxt ildizi bilan baquvvat. Gruzin maqoli *** Dili ochiqqa yo'l ham ochiq. Turkman maqoli *** Qalb ko'zdan oldin sezadi. Arab maqoli *** Bir-biriga o'xshagan aft bo'lmaganidek, bir-biriga o'xshagan qalb ham bo'lmaydi. Xitoy maqoli *** Barmoq og'rig'ini qalb sezadi, qalb dardi esa pinxon kezadi. Habash maqoli *** Keng qalb qarimaydi. Kurd maqoli *** Yurak bamisoli shishadan yasalgan qasr, sinsa yamab bo'lmaydi. Turk maqoli *** Yurak dardga to'lmaguncha ko'zdan yosh kelmaydi. Arman maqoli *** Yuragi sog'ni ko'zi yoshli bo'lmaydi. Turk maqoli *** Tosh yurak temirdan ham qattiq. Hind maqoli *** Odamga joy tor bo'lsa mayli, ammo yuraka emas. Kombodj maqoli *** Qalb sezmasa ko'z ham sezmaydi. Gruzin maqoli Yoshlik hayot guli Go'zal bordir go'zallardan ziyoda, Uning xizmatida turging keadi. Odobli, ikromli, xushxulq, ozoda, To o'lguningcha birga yurging keladi. Maxtumquli *** Hech kimning xabari yo'q, yoshlikning o'tginchiligidan, Ammo hamma xabardor uning o'tib bo'lganligidan. Lt. Senka *** Gozallik qariyani ham yosh ko'rsatadi. V. Shekspir *** Har doim yoshimizga doir ish tutaylik. Goratskiy *** Besh xil ayollar uchun aziyat cheksa arziydi: olijanob, pokiza va go'zal,lar uchun; aqlli, qanoatli, iffatli, vafolililar uchun; butun harakatlarini o'ylab qiladigan, erning borida ham yo'g'ida ham xurmatlab, o'zini va nomusini saqlaganlar uchun; yaxshi va yomon kunlarda fidokor bo'lishni o'ziga shior qilib olganlar uchun; yuzidan kulgi arimaydigan, tili shirin, qo'li barakali, qadami qutlug' bo'lganlar uchun. "Kalila va Dimna" dan *** Xushbichimlik badanga qanday darkor bo'lsa, ma'nolilik ham shunday zarur. F. Laroshfuko *** Sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo'q. Cuqrot *** Yoshlikda adashishlik ham bo'ladi, ammo uni qarilikka ham hamroh qilib bo'lmaydi. V. Gyote *** Baxtli yoshlar sira g'urur etmagay, Qarilar so'zidan uzoq ketmagay. Sa'diy Sheroziy *** Yoshlik - baxt, chunki uni kelajagi bor. N. V. Gogol' *** Yoshlikni yangi libosdek asrash kerak. Gruzin maqoli *** Yoshlik bamisoli xazina, undan barcha istagan boylikni topish mumkin. Har qanday go'zallik ham ma'no bilan baholanadi. Dili yoshning umri yosh. O'zbek maqoli *** Chiroyli gul hamma vaqt ham yaxshi meva beravermaydi. Yapon maqoli *** Go'zalli bamisoli toj, hammaga ham nasib bo'lavermaydi. Ozarbayjon maqoli *** Yoshlik bir martta keladi, go'daklik ikki martta Fin maqoli *** Kishi 70 yil umr ko'rsa, shundan 12 yilini gaplashishga sarf qilar ekan.
|