Yana yog'di yomg'ir hotiralarni eslatib. Mening dardim faqat shu maydalab yog'ayotgan yomg'ir biladi. Uni birinchi martta o'sha hozir men turgan bekatda ko'rgandim. O'sha vaqt hozirgidek esimda. Shunda ham huddi hozirgidek yomg'ir yog'ardi. O'sha vaqt benihoya unga ko'zim tushdi. U aftobus bekatida yomg'irda qolgan kapalakdek edi. O'sha sumbul sochlaridan tortib oyog'igacha yomg'ir urgan edi. Unga qarab faqat bir narsa "Qani edi soyabonim bo'lsaydi yu shu qiz bilan tanishishsam". U yomg'irda qolgan bo'lsaham go'zalligi o'sha o'sha edi. Shu payit hudo meni istagimmi eshittimi?, qayerdandir do'stlarim kulgusi yu hazillarini butun ko'chaga tarqatib kelishardi. Shunda ulardan qiziqib so'radim - Nima bo'ldi ? Ular esa jilmaygancha - Hech narsa, deyishdi. Shunda o'zimga o'zim nima bo'lsa bo'ldi dedimda, do'stlarimdan bir soyabonini olib qizning yoniga shoshildim. Qiz ham yomg'irda turaverganidan hammajoyi nam bo'lib ketgandi. Sekingina yoniga bordim va hazilomus ohangda "Soyabon kerakmasmi" degdim. U bo'lsa menga qaradida sovuqdan qotib qolgan lablari bilan "yo'q" dedi, aslida ishqilib ketib qolmasin degandek qaradi. Men bu qarashni hech qachon unuta olmayman. Shundan so'ng unga yana ham yaqinlashib soyabon tagiga oldim. Sovuqdan sovqotganligi shundoqqina ko'rinib turardi. Chamasi o'n daqiqacha shunday o'tdi va men ey hudo deya so'z boshladim. - Yaxshi qiz ismiz nima agar sir bo'lmasa ? - Asal! - Qatta o'qiysiz? - Kollejda! - Munkin bo'lsa qaysi kollej - Moliya. U bergan savollarimga sovqotganidan zo'rg'a javob berardi. Buni sezdimu savollarimni tugatdim. Shunday qilib Asalni uyigacha kuzatib qo'ydim bohonada uyini ham bilib olgandim. Keyinchalik o'qisihigaham bordim. Men unga u menga bog'lanib qoldik. Kunlar o'tgan sari biz yaqinlasha boshladik bora bora bir birimizni sevib qoldik. Oradan ikki yil o'tib biz turmush qurdik. Hayotimizdan bahthiyor edik. Bir yildan so'ng hayotimda birinchi martta o'zgacha shodlandim nima emish ota bo'lar ekanman. Bu shodlikdan o'zimda yo'q hursand edim. Mana ko'z ochib yumgunimcha to'qqiz oy ham o'tib ketdi. Men bir quchoq gul, cho'ntak to'la pul bilan shifohona tomo shoshilardim ko'chada esa maydalam yomg'ir yog'ardi yo'l esa ko'rinar ko'rinmas tuman. Mashinadan bir quchoq gulni olib shifohona eshki tomon uchardim yuragim to'la hayajon. Shu payta hamshira "Razzoqovlar" deb chaqirgani butun kalidorni tutib ketdi. Shunda hayajon bilan Men dedim Hamshira esa sekingina yonimga keli "Sabirli bo'lin sabirli" dedi yu ortiga qaytdi. Shuon o'zimni yo'qotib qo'ydim quchog'im to'la gul yer bilan bir bo'ldi. Yomg'ir esa yanada kuchayib yog'ardi. Ko'zim oldidan o'sha mayus ko'zlar o'ta boshladi. Keyin bilsam meni Asalim yoshligida kam qollik bilan kasallangani uchun bardosh bera olmabdi. U endi bu dunyoda yo'q. Lekin u qoldirgan zurriyodi esa yonimda. Men hozir Asalni maktabdan olib kelishga ketyapman ana avtobusim ham keldi sizlarga aytmoqchi bo'lgan hikoyamni shu yerda tugataman, lekin bir narsa men Asalni baribi sevaveraman...