
Статистика |
XOZIR SAYTDA 2 MEXMON 2 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2010 » Январь » 3 » Gurux nomini tasodif tanlab, taqdir xal qilgan. Vaxolanki avvaliga ularning nomi…
04:07 Gurux nomini tasodif tanlab, taqdir xal qilgan. Vaxolanki avvaliga ularning nomi… |
SUXBAT:Gurux nomini tasodif tanlab, taqdir xal qilgan. Vaxolanki avvaliga ularning nomi…
"ShOD” guruxini bilmagan yoshlarimiz O'zbekistonda kam bo'lsa kerak.
Guruxlar
orasida o'ziga xos shodon taronalari bilan ajralib turuvchi mazkur
gurux milliy yo'nalishda bo'lmasa xam, xar xolda qo'shiqlarida
milliylik elementlari sezilib turadi. Ayniqsa so'nggi paytlar ovoz
oxanglarida xam bu yaqqol sezilmoqda.
Gurux yigitlarining muxlisi bo'lmasamda, ijodi qiziqtiradi.
Dinamik
ritm, sho'x tarona, shodlik sezilib turadigan qo'shiq…yana nima
kerakq)) Xar xolda xit darajasida bo'lgan boshqa xonandalarning
qo'shig'i yoqqani bilan vaqt o'tib me'daga tegiishi ko'p uchraydi.
"ShOD”
guruxi yigitlari qo'shiqlari yangragan payti o'chirib qo'yish
ishtiyoqini sezmaysiz, buning yaqqol isboti eski taronalari xanuz o'z
aktualligini yo'qotmaganligi. Xanuz ilk qo'shig'i va unga ishlangan
oddiygina klipi yodimda: "Oq terakmi ko'k terak, bizdan sizga kim
kerakq”))))))
Gurux yigitlari bilan suxbatlashish uchun menda
so'nggi paytlar ularga nisbatan tug'ila boshlagan savollar turtki
bo'ldi. Bu savollarga sabab ularning «Assalomaleykum” va "Yalla”
guruxining "Toshkentim” qo'shig'ini kuylashgani bo'ldi.
«Jurnalist”
realiti shousi ishtirokchilaridan Shuxrat Toshevning ilk vazifasi
intervyudan yiroq bo'lib, reportaj xam sust bo'lgani sababli, mazkur
loyixamiz xay'at a'zolari xamda 7x7 gazetasi bosh muxarriri bilan,
yordam sifatida bu yigitga intervyuda qatnashishi kerak degan xulosaga
keldik.
"ShOD” guruxi yigitlari bilan suxbatga Shuxrat Toshevni xam taklif qildim.
"Oybek”
metrosi oldida joylashgan ko'p qavatli uy oldida bizni, mening
fikrimcha guruxning "lider”i Otabek kutib, guruxning ofisi joylashgan
mazkur ko'p qavatli binoga boshladi. Ofisda guruxning ikkinchi
ishtirokchisi Doniyor xam bo'lib, uchinchi ishtirokchi Shuxrat
studiyaga yangi tarona yuzasidan ketgan ekan. Suxbat oldidan Otabek
birinchilardan bizlarga «Yomon bo'libdi” qo'shig'iga olingan klipni
premera sifatida namoyish qildi va saytimizga taqdim qildi.
Umarov
Shuxrat Ғiyosovich 6 may 1982 yil tug'ilgan, . Ma'lumoti tugallanmagan
oliy, San'at institutida taxsil oladi. Uylangan 2 farzand: Odina va
Robiya ismli qizlarning otasi.
Rustamov Otabek Nosirovich 9
sentyabr 1981 yil san'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Nasriddin
Rustamov «Muqimiy” teatrining akteri bo'lgan, onasi Gulnora Rustamova
mazkur teatrda xanuz o'z faoliyatini yuritadi. Bolalikdan akterlik
muxitida katta bo'lgan Otabekda akterlik soxasi qiziqish uyg'otmagan,
aytishiga qaraganda bolalikdan «to'yib” ketgan. Ma'lumoti tugallanmagan
oliy, San'at institutida taxsil olmoqda. Vokaldan ilk ustozlari deb
ota-onasini biladi, keyin esa "Estrada va sirk” kollejida Ma'mura
Ilyosova bo'lgan. Uylanmagan.
Nosirov Doniyor Norpo'latovich 18
iyul 1983 yil tug'ilgan. Ma'lumoti tugallanmagan oliy, San'at
institutida taxsil oladi. Uylanmagan.
Guruxingiz nomlanishi xar biringiz ismingizni bosh xarflaridan tuzilganligi taqdir taqozosi bilanmi yoki?
Otabek-
Kollejda taxsil olib yurgan paytimiz, 2001 yil may oylari
"O'zbeknavo”dan "Yangi taronalar” tanlovining ikkinchi, yo uchinchi
marotaba bo'layotgan paytlari edi. Asli Shuxrat bilan birga
kuylardim, Doniyor bu tanlovga bizni qo'llab-quvvatlashga borgan.
Undan avval Doniyor tanlov talabiga xos bizga qo'shiq kuylab bergan,
shunda birga borishni taklif qilganimizda, avvaliga onasidan so'rashini
aytgan. Rozilik olgach, birgalikda tanlov bo'layotgan Gulistonga
borganmiz. Xay'at a'zolarida Farrux Zokirov, Kozim Qayumov, Doni
Ilyosovlar bo'lgan. Tanlovning birinchi bosqichidayoq xammaga manzur
bo'lganmiz, birinchi bosqich talabiga asosan milliy qo'shiqni jonli
ravishda ijro qilish bo'lgan. Tanlovda xamma raqam bo'yicha e'lon
qilinib, bizning raqam 11 bo'lgan. "Xozir saxnaga 11 raqamni taklif
qilamiz» deyilganda, biz uchchalamiz va bitta doirachi bola bilan
chiqqanmiz, vaxolanki boshqa ishtirokchilar xamma musiqa asboblari
bilan saxnaga chiqqan. Saxnaga chiqib, doira "taq” etganda xammamiz
ta'zim qilib, bitta doira jo'rligida, bir usulda, xaligi kollejda
Doniyor aytib bergan qo'shiqni, Doniyor boshlab bergan (kuylaydi:) "Ey
sarvi ravon” – deb, biz birgalikda davomlab kuylab berganmiz. Qarsaklar
chalingan. Unchalik jiddiy tayyorlanmagan bo'lishimizga qaramay keyingi
bosqichlarga o'tib ketganmiz. Mana shu bosqichlar orasida ustozlar
chaqirib ismlarimizni so'rashgan, va tanlovda faxrli 3 o'rin soxibi
bo'lganiz. Diplomga esa "ShOD” guruxi deb yozilgan edi. Biz xayron
bo'lib, nima uchunligi xaqida so'raganimiz, chunki bizga bu nom umuman
yoqmagan, shunda xar birimizni ismimizni aytib, bosh xarflaridan tuzib
nomlashganini aytishdi. Asli olov sifatida "Otash” guruxi bo'lib borgan
edik, Toshkentga esa uch kishi "ShOD” guruxi bo'lib qaytganmiz.
Demak, tasodif tufayli nomlangan gurux. Xozirgi kunga kelib achinmaysizlarmi nomlanishga?
Doniyor:- Yo'q, agar achinadigan bo'lganimizda g'olib bo'lmagan bo'lardik.
Yo'nalishingiz qanday nomlanadiq Estrada xam bor, milliylik xam seziladi, original va kreativ yondoshish.
Otabek:-Pop.
Kreativ yondoshish bu uchchalamiz birgalikdagi xarakatlarimiz natijasi
bo'lsa kerak. Inson bir narsaga xarakat qilib, ko'ngli to'lsa qizig'i
qolmasligi mumkin, va bu originallik va kreativ bizga bilinmas,
chetdan seziladi. Lekin barchasi birgalikdagi mexnat samarasi.
Ijodiy xamkorlar. Sizlar birgalikda o'tirib biron narsa ijod
qilasizlarmi yoki tayyor g'oya so'rab kimlargadir murojaat qilasizlarmi?
Otabek-Bu
borada ustozimiz Sarvar Raxmatxo'jayev. Faoliyatimiz boshidan
yo'nalishimiz, musiqamiz xammasiga ustozimiz Sarvar aka bosh-qosh va
ularning loyixasi bo'lganmiz desak xam bo'ladi. Xozirgi kunda xam
nimaiki qo'shiq yozsak ular bilan maslaxatlashamiz. Yana Jasur
Badalboyev, va xozirgi kunda Jasur Javxarnazarovlar bilan xam
ishlamoqdamiz.
Sarvar Raxmatxo'jayev bilan
Bir
vaqtlardagi gurux tarqalgani sabablarini ochiqchasiga ayta olasizlarmiq
Balki bugungi kunda ko'plab guruxlar yaralib tarqalib ketayotganiga
o'rnak bo'lar.
Otabek- Ikki uch yil.. Ikki yil -a q(Doniyorga yuzlanadi)
Doniyor: Xa ikki yil tanaffus bo'ldi.
Otabek:
Ikki yil tanaffus bo'lgan bo'lsa, bu bizning aybimiz bilan bo'lgan deb
o'ylaymiz. Ma'lum bir qiyinchilik davri bo'ladi, xomiy yo'qligi,
oilaviy sharoit, bu xammasini ta'siri bir bo'lgan. O'sha payt
qanaqadir…nima desam ekanq…
Omadli boshlangan edi adashmasam
Doniyor: Shunchaki o'sha payt oilaviy sharoit shuni taqozo etgan.
Moddiy taraflama
Doniyor: Xa, Otabek akam oilada eng katta o'g'il, ishlash kerak bo'lib qolgan.
Otabek:
Men qo'shiq kuylamayman degan paytlarim xam bo'lgan, boshqa ishlar xam
qilganman. Do'stim bilan Xitoyga borganman, musofirchilikni ko'rib
keldim. Xar kungi odatiy uyg'onish, qiladigan ishlaringiz bilan
mashg'ul bo'lish boshqa, o'zga mamlakatda yaqinlaringiz, jigar va
do'stlaringizni farqlay olish, fikrlaringizni jamlashga yordam berar
ekan. Men kimman, nima bilan bandman, nimalar qilmoqchiman, maqsadim
nima edi deb, fikrlarni o'ylab boshqacha xulosaga kelar ekansiz.
Qaytganimdan so'ng bu gurux nomiga biz sazovor bo'lganimiz bekorga
emasligini anglab, bir-birimizni tushunib birga davomlashga qaror
qildik.
Doniyor: U paytlar xomiyimiz bo'lmagan va o'zimiz amallab qo'shiq yozardik.
Xozir xomiy bormi?
Doniyor: Xozir xam yo'q, lekin oyoqqa turdik demoqchiman
Otabek:
Uydagilar biz birga ekanligimizni, shuncha mexnat qilib bir kun
samarasini ko'rishimizni tushunib yetishdi. Ota-onalarimiz bizga
ishonishganiga ming raxmat. Xudo xoxlasa niyatlar katta.
«Jurnalist” realiti shousi ishtirokchisi Shuxrat Toshevni yigitlarga tanishtirdim.
Shuxrat
Toshev: Tanaffusdan avval «Sen”, "Nozli yorim” to'ylardan
"tushmagan”, va gurux tanaffusi sabablarini yetarli ochib bermadingiz
Otabek:-To'g'ri tushmagan, lekin buni o'zimiz bilmaganmiz. Bu narsalarni xech kim tushuna olmaydida.
Shuxrat Toshev: Siz Xitoyda bo'lgan paytlar Shuxrat va Doniyor nimalar bilan band bo'lgan?
Doniyor:
Aytyapmizku moddiy sabablarga ko'ra, Otabek oilada katta o'g'il
bo'lganlar, pul topish uchun Xitoyga borganlar. Men esa o'sha paytlar
«g'irt” bekorchi edim, baribir qo'shiq kuylab yurganman Shuxrat bilan.
O'zimiz qo'shiq xam yozganmiz.
Shuxrat Toshev: Keyinchalik
"Nozli yorim” yangi talqinda, yangi ovozlar bilan qo'yildi, bugungi
kunda Sarvar Raxmatxo'jayev bilan avvalgi ijod to'xtab qolgandek.
Otabek: Xozir aytganimdek biz nima qilayotgan bo'lsak Sarvar akam bilan maslaxatlashamiz.
Doniyor:
Xozirgacha ular musiqiy raxbarimiz, biz boshqa g'oyalarni xam
kuylagimiz keldi xolos. Masalan «Kuz” qo'shig'imizni boshqa bastakor
yozib bergan.
Otabek: Xozirgi kunda o'zimiz xam, masalan Shuxrat xam yozmoqda.
Shuxrat Toshev: "Assalomaleykum” qo'shig'i ruscha varianti chiqishi xaqida aytilgandi, negadir bo'lmadi.
Otabek:
Yo'q yozmadik chunki, "Oriat dono” radiosida suxbat davomida yaxshi
savollar bo'ldi, boshlovchi qiz «Nima uchun shunday yaxshi qo'shiqni
o'zbekcha kuylamagansizlarq” deb savol berib qoldilar. Shu mavzuda
keyin bizni noqulay vaziyatga tushira boshladilar. Shu payt Aziz
Rajabiy akamiz efirni tinglayotgan ekanlar, ular efirga qo'ng'iroq
qilib, bularga bunday savollar beravermanglar, bular estrada
xonandalari, mana ustozlarning «Baka-baka bang, dor o'ynang, yesli
upadesh ne plach, a vstan” degan qo'shiqlari borku-deb bizni
vaziyatdan olib chiqib ketganlar. Mana shu suxbatdan so'ng qo'shiqni
ruscha variantini chiqarish fikridan qaytdik. O'zingizni vataningizda
tanilishni ko'proq istaysizku.
Doniyor: Endi ruschasini kuylaganimizda xam baribir tayyorini tinglashar edi.
Shuxrat Toshev: O'zbekistonda rusiyzabon muxlislar xam bizda ko'p, balki bu tomonlama…
Otabek:
Bu tomonlama zo'r bizda, lekin radiodagi o'sha savollar o'ylantirib
qo'ydi-da odamni, baribir o'zbekmizku – deb. Lekin mana xozirga kelib,
ruscha-o'zbekcha emas, aynan rus tilida kuylangan qo'shig'imiz xam bor,
uni yangi albomimizga tayyorladik.
Shuxrat Toshev: Shu o'rinda savol tug'ildi, shou-biznesni san'atdan farqlab bera olasizmi?
Otabek: Endi qanaqa qilib farqlab beray Sizga u narsaniq Sizni o'zingizga bersam-chi savolni?
Shuxrat Toshev: Men bilaman javobni lekin..
Otabek: Bilsangiz menga ayting javobni, Sizdan bilgan odam bo'lay.
Shuxrat
Toshev: San'at bu milliy azaliy qadriyatlarimizni ifodalovchi narsa,
shou-biznes ma'lum bir mablag' sarflab, kimni imkoniyati bo'lsa, shou
orqali o'ziga kerakli mablag'ni chiqarib olish. Kam pul sarflab, ko'p
pul ishlaydigan soxa.
Otabek: Xar qanaqa tushunsa bo'ladi.
Doniyor:
To'g'ri aytyapsiz, shuning uchun agar sezgan bo'lsangiz, bir yilda
bitta yoki ikta qo'shiq chiqaramiz. Chunki o'sha shou-biznesmenlardaka
emasmiz. Biz ijodkormiz. O'zimiz ishlaymiz, yozamiz, pulini berib
qayoqqadir borib, tayyor narsani olmaymiz.
Otabek: Siz aytayotgan puli bor odamni «tovar”idek narsa. Biz esa unaqa emas, xech kimga «tovar” emasmiz va bu o'zimizga yoqadi.
Shuxrat Toshev: Shou-biznesdagi o'rningiz qanchalik deb xisoblaysiz?
Otabek: Bilmadik, lekin shou-biznesda yo'q emasmiz.
Doniyor: Uchta to'rtta pog'onalar bo'lsa baribir birida bormiz.
Otabek: Muxlislarga bog'liq narsa baribir.
Shuxrat Toshev: Yakkaxon konsert dasturi rejada bormi?
Otabek: Xudo xoxlasa mana shu 2010 yil rejada bor.
Shuxrat Toshev: Sir bo'lmasa qaysi konsert zalida?
Otabek;
Nasib etsa yurtimizdagi "Istiqlol” san'at saroyida. To'g'risini
aytganda mana savollar beryapsiz, yaqindagina taqdimot bo'lib o'tdi
M&TVA, biz u yerda yo'q. U yerda gurux degan narsa yo'q,
tushunyapsizmi, bizga alam qiladi, xuddi biz yo'qmiz O'zbekistonda.
Yoki qanaqa qo'shiq kuylashimiz kerak, nima qilmayapmiz, nima
qilishimiz kerak, shu taqdimotga nomzod bo'lishgaq Xozir bizda faqat
shu-ku taqdimot.
Gurux bo'lganidan keyin, nafaqat gurux, balki ikki kishidan ortiq
jamoada liderlik xislati munosabatni buzadi degan tushuncha bor.
Sizlarda bu qanday?
Otabek: Bizda bir-birimizga bo'lgan
muomala, oka-ukachilik, mexr bor. Bu narsalardan o'tib bo'lganmiz. Mana
ajralib yig'ildinglar deyapsizlar, osonlikcha yig'ilavermaydiku. Ko'p
narsani o'ylab, bir fikrga kelib yig'ilinadi. Xafachilik uzog'i bilan
bir ikki soat yoki bir kun xolos. Men Doniyor bilan urushsam Shuxrat
kelib yarashtiradi, yoki ikkisi urishsa men yarashtirib qo'yaman, biz
axilmiz deb o'ylayman, kelishmovchiliklar mayli birinchi uch kunlikdir,
lekin qalbdan va yurakdan bir-birimizni tushunamiz.
Tabiatan liderlik tushunchasi bor, vaziyat boshqaruvchisi, Sizlarda u kim?
Otabek: Xammamiz xar xil, asosan bolalarni nomidan men gapiraman
O'zingizni ovoz jixatlaringizni bilasizmiq Masalan meniki tenor, yoki falset kuylayman degan?
Otabek:
Masalan, maqtanmaymanu, yoqtirgan qo'shig'im bo'lsa, qanaqa tilda
bo'lmasin, qanday notada bo'lmasin, yoqtirsam o'zimcha qaytarib ijro
qila olaman.
Yo'q…
Doniyor (savol moxiyatini darrov ilg'aydi) Yo'q, bular boshqa narsani nazarda tutyaptilar..
Otabek: A! Tenor! Tenorman man.
Doniyor: Bas bariton.
Otabek: Shuxrat xam bas bariton.
Doniyor: A, "qorakam”(Shuxratni nazarda tutadi) bas bariton, maniki..(kuladi) anaqa (eslashga urinadi) klassicheskiy bariton.
Nimaga «qoraka”?
Otabek: Shuxrat endi qoraroqda (kuladi)
Doniyor: Yana ichimizda eng aqlligimiz, uylanganlar ikki farzandlari bor. Xayotiy tajribaga ega.
Uchchalangizni birlashtiruvchi xislatlar bilan, bir-biringizdan ajratib turuvchi xislatlar nimalardan iborat?
(jimlik )
Otabek: Men o'zimni mana bundayman deya olmayman…
(Yana jimlik, yigitlar yana savolni tushunishmadi shekil)
Masalan
umuman guruxda birlashtiruvchi xislatlar, nimadir bo'yicha bir xilmiz,
yoki nimalardadir xar-xilmiz degan narsalar bo'ladiku.
Otabek:
Ijod tomonlama ..so'rab-so'rab fikrlash bor..Fikrlashmagan taqdirimizda
xam o'sha studiyaga borganimizda, o'sha yerni o'zida…O'sha Siz
aytayotgandek xamma bir xil emas, xammani o'ziga yarasha xarakteri bor,
bilmadim, Doniyorni misol qilib aytsam..ishga bo'lgan ishtiyoqi bilan,
boshqa ishga bo'lgan ishtiyoqi to'g'risida aytayapsizda xozir to'g'rimi?
Savolni
yengillashtirsam. Bir-biringizdan farqli bo'lgan narsalaringizni
ajratib bersangiz, men erinchoqrog'man, bu masalan sho'xroq degan
narsalar. Bir biringizdan farqingiz?
Otabek: Man erinchoqroqman lekin, Doniyor erkatoyroq, bu narsani ichida ko'p narsalar bor, erkaliklari bor.
Uchinchi yigitchi?
Otabek:
Uchingchi yigitga farqi yo'q, mana uchinchi yigitni o'zlari qo'ng'iroq
qilyaptilar. (Ayni shu savolda tasodifan Shuxratning o'zi qo'ng'iroq
qiladi va intervyuga ulgura olmasligini aytadi)
Doniyor: Bizga qaraganda templari ancha baland.
Otabek:
Biz masalan charchab uxlashimiz mumkin, xech kim tegmaydi. Shuxratda
esa unday emas, tong otishi bilan bolalari ustiga chiqib ketishadi,
8-9larda uyg'onishiga to'g'ri keladi va nonushta qilib bizga
qo'ng'iroq qilganda biz uxlayotgan bo'lamiz. Lekin man qildim, san
qilding degan narsalar yo'q, bu narsalardan o'tilgan.
Ilxom birlamchimi yoki xalq talabiq
Otabek: Agar to'yda bo'lsa inobatga olamiz xalq talabini.
To'y repertuaringiz boshqacha demak?
Otabek: Xa, chunki bu birovning to'yi.
Qiziq bo'lsa kerak, birdaniga sizlar masalan "Lazgi” kuylasangiz?
Otabek:
Mana to'ylardan keyin kelib, sizlardan kutmagandik milliy yo'nalishda
xam, "Jonon bo'laman deb”, "Tanovar” yoki "Lazgi” kuylashingizni,
bollarim raxmat” - deb ketayotganlar xar to'y xizmatlarimizda bor.
Buvi yoki opalar chiqib «Senlarni ko'rib, "Yalla” guruxini yoshligini
ko'rgandek bo'ldim” deyishadi. Odam o'zini soxasiga kasbiga xurmati
bo'lsa mukammal darajada xar tomonlama xofiz bo'lishi kerak deb
xisoblayman. Qo'rqmasdan aytishim mumkin, u-bu tanlov bo'lib qolsa
bemalol jonli ijroda xamma san'atkorlar bilan tengma-teng kuylashimiz
mumkin.
"Toshkentim onam” qo'shig'i xaqida. Aynan
Toshkentning 2200 yilligi bayrami oldidan shou biznes olamida, agar
Toshkentga atab kuylangan qo'shiq va uning klipi bo'lsa, telekanallar
bepul «aylantirishi” xaqida gap bo'lgan. Shuni inobatga olgan xolda
bo'lganmi, yoki?
Otabek: Endi qarang, kimdir qaysidir
ijrochiga mexr qo'yib tinglab ijro qilib yuradi, biz kollejda o'qib
yurgan chog'lardanoq, xali gurux bo'lishimizdan avval, «Yalla”ni
qo'shiqlarini, eski qo'shiqlarni sevib kuylab yurganmiz va ularni
o'zimizga ustoz deb bilamiz. Biz o'sha vaqtlardayoq «Toshkentim onam”ni
kuylab yurardik, keyin Toshkentni 2200 yilligi xaqida gap chiqqanidan
so'ng, biz proma xaqida o'ylamaganmiz. Lekin biz bildik xozir xamma
san'atkor Toshkent xaqida tayyorlamoqda deb, ammo, tanlov degan
narsalarda xam qatnashishni o'ylamaganmiz. Ustozimiz Farrux Zokirovni
topib maslaxat so'radik, qo'shiqni eshittirdik, yoqtirdilar, "Ja
oxirida jinnilik xam qilibsizlar-a,” va "Biz Toshkanim deb kuylagan
edik, senlar Toshkenim deb kuylabsanlar» dedilar va rozilik berdilar.
Lekin klipga birga chiqishni taklif qilganimizda, ba'zi bir sabablarga
ko'ra chiqa olmadilar, rozilik va fotixalarini olib shu qo'shiqni
tayyorladik. Umuman bu qo'shiqni bolalikdan tinglab katta bo'lganimiz
sababli, 21 asr yoshlari xam tinglashini, ya'ni qo'shiqni jonini
avloddan avlodgacha uzaytirib borishni istadik. Xuddi «Yalla” bo'lmasak
xam, Xudo xoxlasa shunday tarixiy va afsonaviy gurux bo'lish istagimiz
bor, shu maqsadda kuylangan bu qo'shiq.
Xalq qanday qabul qildi deb o'ylaysiz?
Otabek: Yaxshi, xatto
bir to'y xizmatiga kirganimizda "Nimaga Toshkentimni kuylamadinglarq”
deyishganida, demak xalqqa yoqibdi deb tushundik. Keyin to'ylarda
boshida shu qo'shiqni xam kuylashni boshladik. Tanqidlar bo'lmadi,
faqat ijobiy fikrlar bo'ldi, Rashid Xoliqov xam qo'limizni ushlab,
qutlab "Molodsi» deb qo'ydilar. Kimdir xoxlagan bo'lishi mumkin
kuylashni, lekin biz ulardan avval kuylab chiqqanimiz bizni yutug'imiz
bo'lib ketdi deb o'ylayman. Bir ikki odamlar shu qo'shig'imizni
«minus”ini so'rashdi xam, endi aytmayman kimligini, biz rad javobini
berdik Farrux okam "minus”ni olib qo'yganlar deb..
Asliga xos va xech bo'lmaganda yaqinroq kuyladik deb xisoblaysizmiq Qoniqdingizmi ijrodan?
Otabek:
Aynan "Yalla”dek qilmadigu, lekin biz uchun o'z yo'nalishimizda "ShOD”
qilib, o'zimizga mos qilib kuyladik. Qoniqishga kelsak, studiyadan
qoniqmaymiz.
Bu qo'shiqqa klip g'oyasi kimniki?
Otabek: Nozim bilan birga xammamiz.
Originalroq yondoshish iloji yo'qmidiq Judayam bir oddiy bo'lib qolgandek
Otabek: Biz shunga maslaxatlashib, shu bayroq va shu ko'rinishda to'xtadik. Montajdan keyin shundoq qoldirishga qaror qildik.
Ijod davringizdagi eng yoqmagan va eng noxaq bo'lgan tanqid qanday bo'lgan?
Otabek:
Tanqid…(eslashga urinadi) endi bu gaplarga unchalik..faqat mana uylanib
olibdi, aldayaptgan ekan degan gaplar noo'rin bo'lsa kerak. NTTda shu
mavzuni ko'tarishgandi, biz oilaviy axvolimizni yashirmaymiz,
ochiqchasiga aytib kelganmiz, men uylanmaganman, berkitishni xam yomon
ko'raman.
"ShOD”ni shodlantiruvchi asosiy xolatlar nimalardan iborat?
Otabek: Qanaqa bo'lishi mumkinq (o'ylanadi).Biz unaqa savol-javoblarga yo'qmizda o'zi, to'g'riside (kulishadi)
Doniyor: "ShOD”ni shodlantiruvchi xolat bu faqatgina to'ydan keyin oylik olayotganimiz (kuladi)
Otabek: Mexnatingiz roxatini ko'rib masalan.
Ochiqchasiga ayta olasizlarmi, to'y xizmatlarini qanchaga baxolaysiz?
Otabek:
Toshkent bo'yicha "dejur»(to'yning boshidan oxirigacha xizmat) 1000$,
"birrov”(20 minutlar atrofida mexmon sifatida kuylab ketish) 300$.
Berkitish yo'q. Endi bizlardan xam «battarlari” shu narxga
chiqishyaptida. O'zimizni qiynab turib to'yga salla kiyib
chiqmayapmizku, zar etiklar va xokazo bilan butun boshli dastasi bilan
kiyinib..
Shuxrat Toshev: "Bunyodkor” qo'shiq yozish niyatingiz bu mavsum talabimi, mablag' ilinji…
Otabek:
Yo'q bu yerda xech qanday mablag' emas, shu ofisda ishlab
o'tirganimizdan buyon, qo'shiq bo'yicha muammo yo'q, bu qo'shiqni
tugataylik, mana bunisi qolib ketyapti degan narsalar ko'proq
muammoimiz. Nima uchun vaqtimiz yetmayapti degan narsa. Lekin u qo'shiq
bor va bir o'tirib tugatib olsa bo'ldi.
Nima uchun aynan «Bunyodkor”?
Otabek: Chunki biz futbolni sevamiz .
Bu
tushunarli xol, lekin xozir kimdir klipida bu nomni ko'rsatib turyapti,
kimdir qo'shiq bag'ishlab kuylayapti, xuddi «paxta” qo'yishdek bo'lib
qolmayaptimi?
Otabek: Yo'q bu g'oya bizda anchadan beri bo'lgan.
Azaldan afsonaviy «Paxtakor” bo'lmaganmi?
Otabek: "Paxtakor”, bunaqa qo'shiqni xam eshitdik "Bojalar” guruxinikini, yanayam qiziqroq kuylasa bo'lardi, axir bu futbol.
Sizlarga aynan «Bunyodkor” yoqadi-aq "Real Madrid” emas, boshqasi emas..
Otabek: Yo'q, Siz noto'g'ri savol beryapsiz xozir.
Noto'g'ri savol berishim mumkin, siz to'g'ri javob berishingizda xamma gap
Otabek: Endi biz xam chiqib olib «Paxtakor” deb aytmaymizku.
Doniyor:
«Bojalar”ga raqobatchilik qilayotgan bo'lamiz unda, keyin aytilgan
narsa faqat unga aytaversa xam bo'lmaydiku. "Paxtakor” bor bu komanda,
"Bunyodkor” endi chiqayotgan komanda, u yosh xali, bizlar uni
qo'llab-quvvatlamoqchimiz.
Otabek: Agar ularga xali yoqadimi
yo'qmi xali, biz bu narsani bilmaymiz. Bu narsa o'zimizdan chiqqan
g'oya, ularga borib «Mana oka, mana bunaqa” deb emas, futbolni
sevganimiz uchun "ShOD” guruxidan ko'ringlar deb taqdim qilmoqchimiz.
Shuxrat Toshev: Xozirda 4 kishi rasmiy ravishda kuylagan "Bunyodkor”ga
bag'ishlab, ularning saytidagi "audio” saxifasida xam turibdi
xabaringiz bo'lsa, Larisa Moskalyova, Ms ShOD, Malika va Javlon
Qilichev. Balki reytingni ushlash uchunmi bu?
Otabek: Biz
boshida bu qo'shiqni tayyorlayotganimizda bilganmiz kimlardir
qilayotganini, lekin, agar «Bunyodkor”ga yoqmasa, biz qo'rqmasdan bu
qo'shiqni "O'zbekiston” deb qayta kuylaymiz degan fikrimiz xam bor edi.
Ya'ni, raxmat bolalar, uzr lekin bizni o'zimizni qo'shig'imiz bor,
bizga atab kuylab bo'lishgan deyishsa.
Shuxrat Toshev: Mavzuni o'zgartirib?
Otabek: Yo'q chunki u
futbol uchun, aynan futbolga atab qilingan qo'shiq. "Bunyod”ga yoqsa
yoqmasa baribir ijodimizda O'zbek futboliga atab "O'zbekiston go” deb
kuylanib chiqiladi.
Shuxrat Toshev: Xuddi shu vaziyat Otabek Mutalxo'jayev ijodida xam
bo'lgan, "Bunyodkor”ga atab qo'shiq kuylab ularga olib borgan, keyin
uni "Xali ko'rsatadi O'zbekiston” degan so'zlar bilan o'zgartirgan, shu
kabi sizlarda xunuk bir takrorlanish bo'lib qolmaydimi "ShOD” guruxiga
to'g'ri kelmaydigan darajada?
Otabek: Yo'q biz "Bunyodkor”
bo'lib chiqadi deb o'ylaymiz. Xozirda tayyor bo'lmagan bu qo'shiqda
unday so'zlar yo'q, faqat «Bunyodkor” deyilgan, va kimga eshittirgan
bo'lsak, xammaga manzur kelmoqda, chiqaringlar tezroq deyishyapti. Bu
narsani o'zi bizga manzur, «Yo'g'e anavi xonandanikiga o'xshagan” degan
fikrlar yo'q.
Filmlarda ishtirok qilganmisiz?
Otabek:
Takliflar bo'lgan, bir boshlanib keyin nimadir bo'lib ketgandi. Xozir
Doniyor «Qaroqchilar” filmida bosh rolni talqin qilmoqda, fevral
oylarida premera bo'ladi, shu premerani Shuxrat ikkimiz kutyapmiz.
Doniyor: Ғofur degan yosh debyutant rejisser suratga olgan, yoshlar xaqida komedik janrda, film ichidagi film sifatida.
Otabek meni ofisni sayr qilishga taklif qilgan payt Shuxrat Toshev Doniyor bilan suxbatni davomlaydi
Shuxrat
Toshev: «Qaroqchilar” filmidan lavxalarni ko'rdim, u yerda
qo'llaringizga qo'lqoplar kiyib supermarketdagi lavxasi xaqida aytib
bera olasimi?
Doniyor: Judayam qiziq bo'ldi (zavq bilan), bu lavxa xayoldagi
narsani ko'rsatib berish saxnasi, filmda asli biz film suratga olmoqchi
bo'lgan, judayam tirishqoq va ortga qaytmaydigan bolalar bo'lib, lekin
pulimiz yo'q bo'ladi, xomiylar oldiga boramiz, akterlarga yalinamiz
oxiri bir joyni o'marish fikri tug'iladi. Va o'sha lavxa xayolda
ketadi.
Shuxrat Toshev: Suratga olish joyi supermarketda odam gavjum bo'ladi, buni inobatga oldinglarmi, odamlar nima deb o'ylaydi deb?
Doniyor:
Bu filmdan lavxaku, yomon tarafini o'ylamaysiz shuning uchun, lekin
qurol chiqarib xamma yerga yotsin deb baqirishimiz kerak, mana shu
joyida bir tatar millatiga mansub ayol rostdan o'g'rilik bo'lyapti deb,
qo'rqib ketib, xushidan ketib, yuragi yomon bo'lib qoldi, unga yordam
ko'rsatishga to'g'ri keldi.
Shuxrat Toshev: Kumirlaringiz kim?
Doniyor:
Kumirlarimiz xam, yo'l-yo'riq ko'rsatib turguvchi xam ustozimiz
bo'ladi. Qo'shiqlarini xam tinglab, yurish-turishlarini kuzatib,
judayam qattiq xurmat qilib yaxshi ko'ramiz «Yalla” guruxini. Kelajakda
«Yalla” guruxidek bo'lish niyatimiz.
Shuxrat Toshev: Chet-eldan?
Doniyor: Chet-eldan shu xamma tinglaydiganlar, Bacstreet Boys, ko'pde xullas.
ShuxratToshev: Ijoddan tashqaridagi shaxsiy biznesingiz bormi?
Doniyor:
Ijoddan tashqari biz o'qiymiz. Faqat ijod qilamiz, to'yga chiqib pul
topamiz, shuning uchun yiliga to'rtta emas, bitta ikta qo'shiq qilib
reklama qilamiz, xam ijodga, reklamaga va xayotdagi yurish-turishimizga
yetkazamiz.
Qo'shiq yaralish, ijodiy jarayondan
Shuxrat Toshev:: Oilaviy axvol, uylanmaganlik bu ijod bilan bog'liqmi yoki yoshingiz bilan?
Doniyor:
Xammamiz o'rtaxol oiladanmiz, oramizda unaqa boylar yo'q. Boy
bo'lganimizda biz xam yiliga to'rtta qo'shiqni reklama qilgan
bo'lardik. Men o'qituvchilar oilasidanman, onam o'qituvchi bo'lgan,
pensioner uyda o'tiradilar. Shuxrat akani otalari quruvchilar,
chiroylik binolar quradilar, Otabek akani yuqorida aytib o'tdilar,
onalari aktrisa. Xullas bizlarda unaqa biznesmenlar yo'q, lekin
kelajakda o'zimiz shu biznes bilan xam shug'ullanish niyatlarimiz bor.
O'sha biznesni xam uchchalamiz qilamiz baribir. O'qishni
magistraturasini xam bitiramiz.
Shuxrat Toshev: Jurnalistlarga munosabat?
Doniyor:
Munosabat yaxshi, bizdan yangiliklarni olib muxlislarga yetkazib
berishadi, sizlar bor bo'lganingiz yaxshi, omad tilayman.
Bu orada Otabek suratlar turgan javonni ko'rsatadi Otabek: Ko'pgina to'ylardan suratga tushib yig'ish odatimiz bor.
Qaysi cholg'u asboblarida ijro qila olasizlar?
Doniyor : Solo bilan bas gitarani o'rganmoqdaman
Otabek:
Bas gitarada, Shuxrat akustik gitara, xozir xammamiz shu gitarani
mukammal o'rganishga xarakat qilyapmiz, yana baraban va doirada ijro
qilishni bilaman, Doniyor akkardeon va klavishda ijro qila oladi.
Shuxrat rubob ijro qiladi, asli rubobchi.
Xulosa o'rnida
Otabek:
«ShOD”ni maqsadi faqat Toshkentda emas, yaqinda Rossiya shou-biznesida
xam chiqish niyatimiz bor Xudo xoxlasa. O'zbekistonimizni jaxonga
tanitish niyatimiz va "ShOD” deganda ko'z oldilariga O'zbekiston
kelishini istaymiz.
Doniyor: Ko'p joylarga chaqirishmoqda, Qozog'iston, Pekin, Quvaytga, "ShOD” bo'lib dunyo kezish niyatimiz bor.
|
Просмотров: 2617 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|