Главная » 2011»Июль»23 » Futbol bo‘yicha Jahon kubogi-2018 Rossiya uchun 632 milliard rublga tushadi
08:07
Futbol bo‘yicha Jahon kubogi-2018 Rossiya uchun 632 milliard rublga tushadi
Rossiya Federatsiyasi hukumati 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini tashkil etish hamda uni o‘tkazish xarajatlarining moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu yirik sport musobaqasiga mezbonlik qilish Rossiya uchun 632,373 milliard rublga tushadi, deya xabar beradi "Известия” gazetasi. Tayyorlangan hisobotga ko‘ra, xarajatlarning katta qismi infratuzilma uchun sarflanadi – 241,59 milliard rubl. Bunga yo‘llar qurilishi va ularni ta’mirlash, aloqa vositalarini va axborot texnologiyalarini takomillashtirish va albatta, stadionlar qurish kiradi. FIFA reglamanetiga ko‘ra, mundialni o‘tkazish uchun mezbon mamlakatda jahon standartlariga javob beruvchi kamida 12 ta stadion mavjud bo‘lishi lozim. Rossiya esa 13 ta shaharda jami 16 ta sport arenasini qurishni mo‘ljallagan. Chempionatning o‘zini o‘tkazish uchun esa Rossiya 300 milliard rubl ajratishni reja qilgan.