Assalomu alaykum aziz saytdoshlar. Men sizlarga bir yaxshi qizning ota onasi deb baxtsiz bo'lib qolayotganini yozmoqchiman.
Nodira dadasi qamalganida juda yosh edi.Oila boquvchisiz qolganidan keyin ular amakilarinikiga ko'chib ketishadi. Nodira u yerda katta bo'ldi.U juda aqqli chiroyli qiz bo'lib ulg'aydi. Ikki yillarcha oldin Nodiraning dadasi qamoqdan chiqdi.Chiqgach oilasi b-n uyiga ko'chib o'tishdi.Nodiraning xayoti biroz muddatga o'rniga tushganday edi.Lekin o'rgangan ko'ngil o'rtasa qo'ymas deganlaridek yana Nodirani dadasi o'g'irlik qilib voqea joyida qo'lga tushib yana qamalib ketdi.Qamalgan qamaldi qolganlarga qiyin bo'ldi.Ularni oilasini xamma o'g'ri deydigan bo'ldi.Bu gaplar ham biroz bosildi. Yaqinda Nodiraning uyiga sovchilar keldi.Ularga qiz yoqgan ammo otasini o'g'ri bo'gani qamalganini bilib sovchilar xam boshqa kemay qo'ydi.Mana endi Nodira otasining xatolari uchun qiynalayapdi.
Aziz saytdoshlar sizningcha ota ona qigan yomon ishlarga farzandlar qay darajada javobgar ?