PAYSHANBA, 2025.07.17, 00:16
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Сентябрь » 27 » FARZANDingiz o'ziga ishonadimi?
11:33
FARZANDingiz o'ziga ishonadimi?
Biz quyida Sizga havola etayotgan testlarimizni kichik yoshdagi bolalar bilan birga sinab ko’rsa bo’ladi. Test ertakdan iborat bo’lib, ertak qahramonlari orqali bolaning munosabatini bilib olish mumkin. Har bir ertak so’ngida  FARZANDingiz javob berishi kerak bo’lgan savol turadi. Ushbu testdan maqsad FARZANDingiz dilidagi lekin SIzga ifoda etib berolmayotgan hissiyotini yaxshiroq bilishga ko’maklashish. Bu testni o’tkazayotganingizda FARZANDingiz tinch holatda bo’lishi zarur. Agar uning o’zi Sizdan ertak aytib berishingizni so’rasa, nur ustiga a’lo nur. Ertakni aytib bo’lgach, bolangizni darrov javob berishga shoshiltirmang. Aksincha agar istasa, uning fikrlarini tinglang. Ertak aytayotganingizda FARZANDingizni kuzating: u Sizni berilib tinglayaptimi, gapirayotganida shoshilib, hovliqib fikr bildiryaptimi, ertakka katta qiziqish ko’rsatyaptimi, yuzidagi xavotir yoki ertak qahramonlariga achinishi, ta’sirlanishi yoki hattoki ertakni yana qaytadan aytib berishingizni so’rashi bu demak uning ertak syujeti va undagi hodisalarga befarq emasligini bildiradi.
"Qushcha" ertagi

Ertakdan maqsad  - bolaning ota-onalariga yoki ulardan birontasiga bog’liqligini aniqlash.

Daraxtdagi inida mittigina qushchalar shiringina uxlab yotishardi. Shunda to’satdan kuchli shamol turdi. Qushchalarning ini turgan daraxt shoxi esa shamol kuchiga chidolmasdan sinib tushdi. In esa yerga dumalab tushdi. Qushchalar chirqillab atroflariga qarashsa, issiqqina inlarida emas, yerda yotishibdi. Adasi uchib kelib bir shoxga qo’ndi. Onasi esa boshqa bir shoxga qo’nibdi. Qushcha esa hayron. U endi nima qiladi?
Javob variantlari:
"U uchib borib boshqa shoxga qo’nadi"; "Onasining oldiga uchib boradi, chunki u qo’rqib ketdiku"; "Otasining oldiga uchib boradi, chunki u kuchli!"; "U yerda qoladi, chunki u hali uchishni bilmaydi, otasini (onasini) chaqirsa, ular unga yordamga uchib kelishadi ".
Qanday javobni patologik, jiddiy e’tibor loyiq deb hisoblasa bo’ladi? "Ucholmaydi, shuning uchun yerda qoladi"; "Uchishga harakat qiladi, lekin hech narsa chiqmaydi";- "Shamolda yiqilib tushib halok bo’ladi"; "Ochlikdan halok bo’ladi ( yoki yomg’irdan, sovuqdan ..)"; "Uni hech kim eslamaydi va uni biron hayvon yeb qo’yadi" va shu kabilar.
Ijobiy javoblar esa bolaning mustaqilligi va ozi qarorlar qabul qila olishidan, o’z kuchiga ishonishidan darak beradi. Salbiy javoblar esa aksincha. Bunday bolalar boshqalarga, ayniqsa ota-onalariga bog’liq bo’ladilar. Bunday bolalar mustaqil fikrlariga ega bo’lmaydilar. Bolani onasiga yuqori darajada bog’liqligi ozgina yig’lasa ham ko’taruvchi onalarning farzandlarida kuzatiladi. Bunga bola juda tez o’rganib qoladi, va boshqa holatlarda ham ko’tarishingizni talab qilaveradi. Bu holat keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, bola ulg’aygach ham onasidan yordam kutaveradigan bo’lib qoladi. Agar yaqinlari tomonidan bolaga ishonch bildirilsa va mustaqil bo’lishiga qo’yib berilsa, u bunga erishadi.
Shuningdek, 2-3 yoshgacha bolada jismoniy hamda intellectual mustaqillik shakllanadi.Agar ota-onalar shu davr ichida bolaning faolligini tergamasalar, unda mustaqil bo’lish rivojlanib boradi.

Категория: Психология | Просмотров: 1153 | Добавил: MehrToY | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz