SESHANBA, 2025.06.24, 23:00
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 30 » Yetimlar...
11:04
Yetimlar...

Yetimni xorlovchi, unga zulm qiluvchi, haqqini poymol qiluvchi shaxsni dindor deb bo'lmaydi. 


ETIMNI QAROMIGA OLGAN ODAMNING FAZLI


Arab tilida yetim deb otasi vafot etgan, onasi bilan qolgan, voyaga yetmagan bolaga aytiladi. Voyaga yetib, balog'atga yetsa, yetimlikdan chiqadi. 
Etim odatda ojiz, zaif shaxs bo'ladi. Yetimni xorlovchi, unga zulm qiluvchi, haqqini poymol qiluvchi shaxsni dindor deb bo'lmaydi.
Etimlarga yordam berish nihoyatda savobli ish. Yetimlarga ovqat, kiyim-kechak, ta'lim va tarbiya berish o'ziga to'qlarning zimmasidagi burchdir. Shunday qilinsa, yetim jamiyat uchun foydali shaxs bo'lib yetishadi. 
Agar unga beparvo qaralsa, kamsitilsa, razolat va jinoyat ko'chasiga kirib, o'zi yashayotgan jamiyatga faqat zarar keltiruvchi shaxsga aylanadi. 
Shu va boshqa bir qancha hikmatlar asosida Islomda yetimga yaxshilik qilish qattiq targ'ib qilingan. Yetimga yaxshilik qiluvchilarga katta va'dalar e'lon qilingan.

Abu G'urayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Tul xotin va miskinning tashvishi ila harakat qilgan kishi Allohning yo'lida jihod qiluvchi mujohidlar, kechalari namozda qoim, kunduzlari ro'zada soim bo'luvchi kabidir», dedilar». 
Sharh: Ushbu hadisdan beva, tul, miskin, faqir kishilardan xabar olish, ularning og'irini yengil qilish, ularga o'zlari muhtoj bo'lib turgan narsalarda yordam berish uchun qilingan harakatlar ulkan savobli ishlardan biri ekanligini tushunib olamiz.
G'adisda yetim so'zi zikr qilinmagan. Ammo otdatda tul xotin bor yerda yetib ham bo'lishi turgan gap. Tul xotinga yaxshilik qilgan o'z-o'zidan yetimga yaxshilik qilgan bo'ladi. 
Albatta, Alloh taoloning yo'lida jihod qilishdek savob ish yo'q. Biroq, beva, tul, miskin, faqir kishilarga yordam berish, ularning hojatini chiqarish bilan ham o'shanday savobga ega bo'lish mumkin ekan. 
Shuningdek, kechalarni bedor bo'lib, nafl namozlar o'qib, Allohga iltijo qilib o'tkazishning savobini ham beva-bechoralarga, faqir-miskin, tul, yetim-esirlarga xizmat qilib, ularga yordam berib ham topish mumkin ekan. 
Nafl ro'zalarni tutib yurishga teng keladigan ulkan savobni ham yuqoridagi amallarni qilib topish mumkin ekan.


O'ZINING YeTIMINI QARAMOҒIGA OLIB, PARVARISh QILIShNING FAZLI

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Oldimga ikki yetim qizini olib bir ayol kirib keldi. Bir narsa bering, deb so'radi. Lekin oldimda bitta xurmodan boshqa hech narsa yo'q edi. Men o'sha xurmoni ayolga berdim. Ayol xurmoni ikkiga bo'lib, qizlariga bittadan berdi. So'ng o'rnidan turib, chiqib ketdi. 
So'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keldilar. Bo'lib o'tgan voqeani aytib berdim. Shunda u Zot: 
«Kim mana shunday qizlarga valiy bo'lsa va ularga yaxshilik qilsa, alar uning uchun do'zaxdan parda (to'siq) bo'ladi», dedilar».
Sharh: Bobni nomlashda «o'z yetimini» deyilishi – beva qolgan onaning otasiz qolgan o'z yetim bolasini qaramog'iga olish nazarda tutilgan. 
Ba'zan, ota vafot etib ketgandan keyin ona yetim farzandlarini qarovsiz qo'ymasdan, ularni sabr bilan yuvib-tarab, boqib katta qilsa, juda katta savobga erishar ekan va o'sha farzandlari, ularga qilgan xizmatlari qiyomat kuni do'zaxdan parda bo'lib, saqlab, to'sib qolar ekan.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Muhtoj kishi boshqalardan biror narsa bering deb so'rashi mumkinligi.
2. Muhtojga bir dona xurmo bo'lsa ham berish kerakligi.
3. Onaning farzandlarga mehri va adolati namunasi. Bir dona xurmoni o'zi yemay, qizlariga teng bo'lib bergani.
4. Qizlarga valiy bo'lib, ularga yaxshilik qilish do'zax o'tidan parda bo'ladigan amallardan biri ekani.
5. Payg'ambarimiz alayhissalom va U zotning oilalari qanchalar sodda va kamtar ekanligi.

OTA-ONASI VAFOT ETIB KETGAN YeTIMNI QARAMOҒIGA OLIShNING FAZLI

Ummu Sa'iyd binti Murra Fehriy otasidan rivoyat qiladi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Men va yetimning kafil jannatda xuddi ushbu ikkisi kabidir. Yoki bu bilan bu kabidir», dedilar». 
Sufyon o'rta va boshmaldoqdan keyingi barmoq haqida shak qildi. 
Sharh: Demak, ota-onasiz qolgan yetim bolani o'z qaramog'iga olib, uni kiydirib, yedirib-ichirib, tarbiyalab, voyaga yetkazgan odam jannatda bo'lar ekan, jannatda bo'lganda ham jannatning eng oliy maqomida – Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yonlarida birga turishga musharraf bo'lar ekan. 
Shuning uchun mo'min-musulmonlar yetimlarning holidan xabar olishga, ularga yordam berish, tarbiyalashga katta ahamiyat berishlari kerak. 
Mana shunday buyuk sharaf va'da qilingan hadislarga amal qilgan holda bu masala musulmon ummatida qadimdan juda (nihoyatda) yaxshi yo'lga qo'yilgan edi – yetimlarga vaqflar qilingan, ularga tarbiya berilgan. 
G'ozirgi kunda ham mo'min-musulmonlar o'z dinini qattiq tutgan joylarda bu narsaga katta ahamiyat beriladi. Ayniqsa, arab o'lkalaridagi xayriya jamiyatlari o'zlaridagi yetimlarning ahvoli yaxshi bo'lganligidan boshqa o'lkalardagi yetimlarga yordam berishni yaxshi yo'lga qo'yishadi. 
Masalan, istagan davlatlar bilan hamkorlikda yetimlarni aniqlab, ularni suratlarga olib, hujjatlarini to'g'rilab, qaytib borib, «Mana bu bola yetim, ismi, otasining ismi, mana surati, uning yillik sarfiyoti mana shuncha, kim uni o'z qaramog'iga olmoqchi bo'lsa, bizga bog'lansin» deb e'lon qilishadi. 
Shunda boy, imkoniyati bor odamlar «Men beshta, men uchta, men o'nta, men yuzta yetimni o'z qaramog'imga olaman, deb o'zlari rag'bat bildirishadi, so'ng o'sha yillik sarfiyotni xayriya jamiyatining hisobiga bir marta, yoki bir necha marta o'tkazib turadi. 
Xayriya jamiyati bu mablag'larni o'sha yetimlarning ehtiyojlariga sarflab boradi, doimiy yeguligini, har mavsumda kiyim-kechagini, ta'limini, o'quv qurollarini ta'minlab turadi. 

G'asan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ibn Umar qachon ovqat yesa, huzuriga bir yetim hozir bo'lardi. Bir kuni u taom keltirishni buyurdi. Yetimni ham taklif qilib, uni topa olmadi. Ibn Umar yeb bo'lganda u keldi. 
Ibn Umar unga ham taom keltirishni buyurdi. Ovqat qolmagan edi. Talqon bilan asal keltirildi. Shunda ibn Umar roziyallohu anhu: 
«Mana bulardan ol, Allohga qasamki, sen kamchilikka uchramading», dedi. 
G'asan: Allohga qasamki, Ibn Umar ham kamchilikka uchramadi, deydi.
Sharh: Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhu yetim bolaga shunchalik yaxshilik qilganlarki, shu sababli u kishining huzurida hech bir yetim kamchilikka uchragani yo'q. G'azrati Abdulloh ibn Umarning ana shunday katta faziylatlari bor edi. Sahobalarning bunday amallari hozirgi kunda mo'jizaga o'xshab ko'rinadi. 
Ibn Umar hech qachon o'zlari yolg'iz ovqat yemaganlar. Yonlariga yo yetim, yo faqir-miskinlardan biror kishi kelmasa, taomga qo'l uzatmas edilar. 
G'atto ovqatga kech qolgan yetimga ham borini taqdim qilganlar va uning ko'nglini ko'taradigan gaplarni aytganlar. Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhudan o'rnak olishimiz kerak.

Sahl ibn Sa'd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Men va yetimni kafillikka olgan jannatda mana bundaymiz», dedilar va ko'rsatkich hamda o'rta barmoqlarini birlashtirdilar». 
Sharh: Albatta, bu juda ulug' va'da hisoblanadi. Yetimga kafil bo'lib, uni boqib, tarbiyalab voyaga yetkazish jannatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo'lish baxtiga sabab bo'lar ekan.

Abu Bakr ibn G'afs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Abdulloh dasturxonida yetim bo'lmasa, taom yemas edi». 
Sharh: Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhu uni to'yg'izib, savobini olishdan umid qilar ekanlar. Bu juda ham ajoyib faziylat. Buni faqat ixlosli musulmon bandagina amalga oshirishi mumkin.


UYLARNING ENG YaXShISI UNDA YeTIMGA YaXShILIK QILINGAN UYDIR

Abu G'urayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: 
«Musulmonlar ichida eng yaxshi uy ichida yetimga yaxshilik qilinayotgan uydir. Musulmonlar ichida eng yomon uy ichida yetimga yomonlik qilinayotgan uydir. Men va yetimning kafili jannatda mana bundaymiz» deb, ikki barmoqlari ila ishora qildilar».
Sharh: Ya'ni, barmoqlarini birlashtirib ko'rsatdilar. 
Zamonamizda turli tuman tanlovlar o'tkazish odat tusiga kirib qoldi. Ularda turli qobiliyat va afzalliklarni aniqlash va ularga kishilarning e'tiborini tortish niyati ham bor.
Aytaylik, musulmonlar jamiyatida eng yaxshi xonadon tanlovi o'tkaziladigan bo'ldi. Umumiy ma'noda o'tkaziladigan bu tanlovning g'olibini aniqlashga asosiy hakam ushbu hadisi sharif bo'ladi. Mazkur tanlovda ichida yaxshilik qilinayotgan yetim bor xonadon g'olib bo'ladi.
Agar salbiy ma'noda tanlov o'tkazib, eng yomon xonadonni aniqlash kerak bo'lsa ham, ushbu hadisi sharif haqam bo'ladi. Mazkur tanlovda ichida yomonlik qilinayotgan yetim bor xonadon g'olib bo'ladi.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Musulmonlar ichida eng yaxshi uy ichida yetimga yaxshilik qilinayotgan uyligi. 
2. Musulmonlar ichida eng yomon uy ichida yetimga yomonlik qilinayotgan uyligi. 
3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va yetimning kafili jannatda ko'rsatkich va o'rta barmoqlar birlashib turganday birga bo'lishi.

ETIMGA RAG'MDIL OTADEK BO'LGIN


Abdurrohman ibn Abza roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Dovud: «Etimga mehribon otadek bo'l. Bilki, albatta, nimani eksang, shuni o'rasan. 
Boylikdan keyin kelgan faqirlik qanday qabih narsa. Lekin bundan ham ko'pi yoki qabihi hidoyatdan keyin zalolatga ketishdir. 
Agar sohibingga va'da bersang, va'dangga vafo qil. Agar bunday qilmasang, oralaringda adovat kelib chiqadi. 
Sen Alloh Subhanahu va Taolodan muhtoj bo'lsang, senga yordam bermaydigan, unutsang esingga solmaydigan do'stdan panoh so'ra, u do'stlarning eng yomonidir», dedi». 
Sharh: Bu rivoyatda Dovud alayhissalomdan kelgan hikmatli so'zlar majmu'asi keltirilmoqda. Ularning ko'pida har bir hikmatli so'zning foydasi, ortidan keladigan manfaati ham zikr qilingan. Keling, ularni birma bir o'rganib chiqaylik.
«Etimga mehribon otadek bo'l». 
Bu yetimpavarlikka eng kuchli va balog'atli da'vatdir. Yetim boshqa birovdan qolgan bola bo'lsa ham, mo'min-musulmon kishi yetimni xuddi o'zining bolasidek, ko'rishi kerak ekan.
«Bilki, albatta, nimani eksang, shuni o'rasan». 
Boshqacha qilib aytganda qilganingga yarasha mukofot yoki jazo olasan. Shuning faqat yaxshilik qil va yomonlikdan o'zingni tiy.
«Boylikdan keyin kelgan faqirlik qanday qabih narsa. Lekin bundan ham ko'pi yoki qabihi hidoyatdan keyin zalolatga ketishdir». 
Bir odam boy badavlat bo'lib, faravon hayot kechirib turgan paytda birdaniga kambag'al bo'lib qolsa juda ham noqulay holatga tushadi. Barcha narsa oyoq-ostin bo'lib ketadi. Mazkur odam tamoman boshqa yomon olamga kirib qolganga o'xshaydi.
Ammo hidoyatda-Alloh taolo ko'rsatgan yo'lda yurgan odam, zalolatga-shaytonning yo'liga kirib qolsa bundan yomoni yo'q. Chunki boyning kambag'al bo'lib qolishi ila bu dunyosi salbiy tarafga o'zgarsa, bandaning hidoyat yo'lidan zalolatga o'tishi bilan bu dunyo va oxirati kuyadi.
«Agar sohibingga va'da bersang, va'dangga vafo qil. Agar bunday qilmasang, oralaringda adovat kelib chiqadi». 
Albatta, va'daga vafo qilish mo'minlarning ko'zga ko'ringan alomatlaridan biri. Va'daga vafo qilishning foydalari juda ham ko'p. Bu rivoyatda o'sha foydalardan bittasi zikr qilingan.
«Sen Alloh Subhanahu va Taolodan, muhtoj bo'lsang yordam bermaydigan, unutsang esingga solmaydigan do'stdan panoh so'ra, u do'stlarning eng yomonidir».
Do'stning yaxshisi do'sti muhtoj bo'lganda yordam beradigani va bir narsani unutganda esga soladiganidir. Bu ishni qilmaydigan odamning do'stligi qolmaydi. Shuning uchun unday do'sttan saqlashni Alloh taoloning O'zidan so'rab turish kerak.

Abu Ammarodan rivoyat qilinadi: 
«Men G'asan roziyallohu anhuning: «Men avvalgi musulmonlarni yaxshi bilaman. Ulardan biri ertalab turib: 
«Ey ahlim! Ey ahlim! Yetimlarga qaranglar, yetimlarga qaranglar. 
Ey ahlim! Ey ahlim! Miskinlarga qaranglar, miskinlarga ehtiyot bo'linglar! 
Ey ahlim! Ey ahlim! Qo'shninggizga yaxshilik qiling! Qo'shninggizga yaxshilik qiling!» der edi. 
Endi esa ahvol o'zgarib, kundan-kunga pastga qarab ketyapsizlar. Qarasangiz, bir odam fosiq bo'lib, do'zaxga o'ttiz ming farsax chuqurlikka tushib ketyapti. Unga nima bo'lganq Alloh uni qatl qilsin! 
Alloh Subhanahu va Taoloning bergan nasibasini bitta uloqning bahosiga sotib oladi. U hamma narsani zoye' qilyapti, shaytonning yo'liga sarflayapti. Unga biror va'z qiluvchi ham yo'q, nafsi ham unga va'z qilmaydi», deganini eshitdim».
Sharh: G'asan roziyallohu anhu o'z zamonasidagi odamlarni avvalgi musulmonlar bilan solishtirib ko'rib, nihoyatda xafa bo'lgan ekanlar. 
Avval o'tgan musulmonlar avlodida oila rahbari doimiy ravishda o'z ahli ayolini yetim, miskin va qo'shnilarga yaxshilik qilish kabi faziylatli ishlarni deyarli har kuni qayta-qayta eslatib turar ekanlar. Bu bilan ularni yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qa'tarib turishar ekanlar.
Ammo vaqt o'tishi bilan odamlarda bu hissiyot kamayib borib yomomnlik va fisqu fujur qilganlarga nisbatan loqaydlik munosabati paydo bo'libdi. Bu esa, albatta, jamiyatdagi yaxshilik alomati emas. 
Bas, ushbu rivoyatdagi gaplardan ibrat olishimiz kerak. Ularni doimo eslab turishimiz lozim. Bir-birimizni, xususan, o'z qaramog'imizdagi ahli ayol, bola-chaqalarimizni yetim, miskin va qo'shnilarga yaxshilik qilishga doimiy ravishda undab turishimiz va ularga o'zimiz o'rnak bo'lishimiz zarur.
Ushbu rivoyatdan olinadigan foydalar:
1. Avvalgi muulmonlarning holi o'ta yaxshi bo'lgani.
2. Yetimlarga yaxshi munosabatda bo'lish kerakligi.
3. Miskinga yaxshi munosabatda bo'lish kerakligi.
4. Qo'shnilarga yaxshi munosabatda bo'lish kerakligi.
5. Vaqt o'tishi bilan musulmonlarning holi yomonlashib borgani.

Asmo ibn Ubayddan rivoyat qilinadi:
«Ibn Siriynga: 
«Mening huzurimda bir yetim bor», dedim. 
«Unga o'z bolangga qanday qarasang, shunday qaragin. Bolangni nima uchun ursang, uni ham shuning uchun urgin», dedi». 
Sharh: Ya'ni qo'lingdagi yetim ham farzanding kabi ko'rgin, o'z farzandingga qanday qarasang, yetimga ham shunday qaragin degan ekanlar.
Bir kishi yetimni o'z qaramog'iga olar ekan o'z bolasiga nisbatan bo'ladigan barcha javobgarlik va mas'uliyat yetimga nisbatan ham zimmasiga yuklanganligini zinhor unutmasligi lozim bo'ladi.
Bu esa, o'z navbatida, Islom yetimparvarlikka qanchalar e'tibor berganini yana bir bor namoyish qilmoqda.


ETIM QOLGAN BOLASINI DEB TURMUSh QURMAGAN BEVA AYoLNING FAZLI


Avf ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Men va eridan beva qolib, yuzi sarg'aygan, bolasiga sabr qilgan, ayol jannatda mana bundaymiz», deb barmoqlarini birlashtirib ko'rsatdilar». 
Sharh: Demak, bu hadisda o'z rohatini ko'zlab, yetim bolalarni xor-zor qilib tashlab ketadigan ayollarni yaxshi ish qilmasliklari, balki sabr qilib, beva bo'lsa ham, bolalariga yaxshi tarbiya bergan ayollarga katta savob, ulug' martaba va fazl borligi zikr qilinmoqda. 
Albatta, bu eridan ajragan ayol turmush qilmasligi kerak, bolasi bilan qolgan bo'lsa, dunyodan shunday o'tib ketishi kerak, degani emas. Bu yerda o'sha bolaning ahvoliga qaraladi. 
Agar turmush qursa, bola nochor qolib, tarbiyasi buzilib, xor-zor bo'lish xavfi bor bo'lsa, ayol kishi o'zini qurbon qilib bo'lsa ham bolaning tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lib, erga tegmay yurishi kerak. 
Agar turmush qursa bolalarning xor-zor bo'lishidan, tarbiyasi buzilishidan ko'ngli to'q bo'lsa, albatta erga tegib, bolalarni tarbiya qilishi afzal bo'ladi. 


ETIMNING ODOBI

Shumaysa Atkiyya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Oisha roziyallohu anhoning huzurlarida yetimga odob berish haqida gapirildi. Shunda u: «Men yetimni to'g'ri yo'lga kirib, adab olgunicha uraman», dedi». 
Sharh: Demak, yetim bola gapga kirmasa, odobsiz bo'lsa, uni urib bo'lsa ham tarbiyalash kerak ekan, «etimga tegmaslik kerak, uni xafa qilmaslik kerak», degan noto'g'ri tushuncha bilan uning beodob bo'lib ketishiga, yomon yo'llarga kirib ketishiga sabab bo'lib qolmaslik kerak ekan. 
Ko'pincha yosh bolalar gapga tushunmay, o'z foydasini bilmay, o'yinqaroqlik qiladi, ana shu vaqtda bu bolalar yetim bo'lsa, uni o'z tarbiyasiga olgan kafillar qattiq turib, odob berishi kerak bo'lar ekan.

XULOSA

Islomda yetimparvarlikka alohida e'tibor berilganini ushbu sanoqli hadis va rivoyatlardan ham bilib olish qiyin emas. Musulmon ummati o'z tarixi davomida yetimlar rioyasini qoil qilib o'rinlatib kelganligi hammaga ma'lum. Bunga jahon urishidan keyingi davrda xalqimiz qo'rsatgan yetimparvarlikni misol qilsak bo'ladi. 
Etimlar Islomdagi kabi o'zlariga oliyjanob muomalani ko'rmaganlar. Yetimlarni kafolatga olish ishini hammadan ko'ra musulmonlar qoyillatganlar. Bunga tarix, do'st va dushman ham shohid.
G'ozirgi kunlarda ham Islom olamining turli taraflarida yetimlarning boshi yetarli darajada silanib kelmoqda. Bizda turli sabablarga ko'ra bu ish davlat tasarrufiga o'tib qolgan edi.
Ammo endi bu ishni davlat qiladi degan tushunchaga berilib qolmasligimiz kerak. G'ar bir mo'min-musulmon yetimlarning haqini unutmasligi lozim. Asta-sekin bo'lsa ham yetimparvarlikni ajdodlarimiz amalga oshirganlari kabi saviyaga olib chiqishimiz kerak.
Etimni qaramog'iga olish uchun, albatta, farzandsiz bo'lish shart emas. Balki, o'z bolalari bor kishilar yetimlarni oilasiga qabul qilsalar va ularning o'z farzandlari qatori boshini silasalar juda ham yaxshi bo'ladi.


Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 2173 | Добавил: elBasanio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz