Главная » 2016»Январь»27 » Eron prezidentining tashrifi tufayli Rim muzeyidagi yalang‘och haykallar yopib qo‘yildi
16:24
Eron prezidentining tashrifi tufayli Rim muzeyidagi yalang‘och haykallar yopib qo‘yildi
Rimdagi Kapitoliy muzeyi xodimlari Eron prezidenti tashrifi davomida yalang‘och haykallarga ko‘zi tushmasligi uchun ularni yopib qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Muzeyda Eron prezidentining Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida Hasan Ruhoniy va Italiya bosh vaziri Matteo Renso ishtirokida qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning mamlakatdan xalqaro sanksiyalar olib tashlanganidan so‘ng Yevropaga ilk tashrifi chog‘ida, 25-yanvar, dushanba kuni Eron va Italiya o‘rtasida umumiy summasi 17 milliard yevroga teng bir necha kelishuvlar imzolandi.