ER-XOTIN HAQIDA Ayrimlarning o’zini tutishiga, fikrlashiga, hayotiga xos "qoidalar” quyidagicha ekan: 1. O’z tengini topgan o’rtamiyona ayol go’zal bo’lishga intiladi, aqlliroq bo’lishga emas. Chunki o’rtamiyona erkakni aqllilikdan ko’ra tashqi ko’rinish ko’proq qiziqtiradi. 2. To’ygacha: "Menga faqat sen yoqasan !” To’ydan so’ng: " Sen faqat menga yoqasan!” 3. Erkak agar ayol o’tirgan mashina eshigini ochsa: yo yangi mashina olgan, yo yangi xotin. 4. Tez – tez uchraydigan telba teskari gap: " Mayli, men nohaqman, lekin sen kechirim so’rasang bo’lardi-ku!” 5. Agar xotin erining maoshini olib qo’ysa , bu erkak qo’rqoq, agar er maoshini o’z qo’li bilan topshirsa, haqiqiy erkak. 6. Yigit bironta qizni restoranga taklif etib, birga ovqatlanyaptimi, maqsadi aslida ovqatlanish emas. 7. Sendan oldin xotiningning sevgilisi bo’lganligini eshitsang qayg’urma, muhimi, sendan keyin sevgilisi bo’lmasin. 8. Xotin axtarmoqchimisan ? Undan ko’ra pul axtar, xotinlarning o’zlari kelishadi.
|