EI o'z prezidentini saylamoqda Evropa ittifoqi prezidentni saylamoqda. Yevropa ittifoqi tarixidagi birinchi prezident nomzodini Bryusselda o'tgan favqulodda sammitda muhokama qildilar. Oliy lavozim uchun kurashda Belgiya bosh vaziri Xerman Van Rompey asosiy da'vogar deb tan olinmoqda. Nomzodlar ro'yxatida 10dan ortiq da'vogarlar bor. Ular orasida Lyuksemburg va Gollandiya Vazirlar mahkamalari rahbarlari Jan-Klod Yunker va Yan-Peter Balkenende, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler, Latviyaning sobiq prezidenti Vayra Vike-Freybergalar bor. Yevropa ittifoqi prezidenti oliy darajadagi Yevropa ittifoqi kengashi majlislarida raislik qilishi lozim, hamda hamjamiyat manfaatlarini xalqaro sahnada himoya qilishi kerak.
|