Dunyoning torligi jondan to`yguncha Do`stingdan dushmaning chiqib qolguncha Noningni yeb so`ng, sotarlar qancha Agar hayot bo`lsa shunday beshafqat Bo`g`zimda qon yiglar vijdonim faqat
Oriyat yo`liga qilsang hamiyat Yo`lingga tosh qilib otarlar la`nat Bu dunyo ishlari siru-sinoat Goho qimmat bo`lar achchiq haqiqat Insonlar vijdoni qolmasa faqat
G`animat umr bor so`ng yana yo`l bor Choh qazib sendan hol so`ruvchilar bor U dunyoda shunday charog`on nur bor Nafsu - hirsingga qilolsang toqat Yolingda iymoning saqlasang faqat