
Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2010 » Май » 22 » DUNYONING ENG BAXTLI KISHILARI O‘zbekiston 80 o`rinda
13:03 DUNYONING ENG BAXTLI KISHILARI O‘zbekiston 80 o`rinda |
Yer yuzidagi eng baxtli odamlar qaerda istiqomat qilishadi? Endi bu
savolga javob topish mushkul emas. Buyuk Britaniyaning Leyster
universiteti olimi Endryu Uayt bunga javob topdi. Olim turli tadqiqotlar
olib bordi. Ko‘pgina muhim manbalardan foydalandi. U 178 davlatdagi 80
ming kishi orasida so‘rovnoma o‘tkazish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy
izlanishlar tahlili asosida natijalarni e’lon qildi. Ushbu ilmiy
manbalarni asosan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YuNYeSKO va yana
ko‘plab xalqaro tashkilotlarning manbalaridir.
"A World Map of
Happiness”, ya’ni "Jahonning baxtli xaritasi” deb nomlangan ushbu
tadqiqotda olim davlatlardagi sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlari,
moddiy farovonlik, millatning o‘ziga xosligi, hattoki o‘lkaning
tabiatiga alohida e’tibor qaratdi. Olim insonlar bilan suhbatlashish
jarayonida ular hayotdan mamnunlik, qoniqish hosil qilayotganliklarini
aytishgan..
"Siz bixtlimisiz?” degan so‘rovda sog‘liqni saqlash
tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va jon boshiga yalpi mahsulot ishlab
chiqarishda yuqori ko‘rsatkichga erishayotgan davlatlar fuqarolar ijobiy
javob berganlar. Shunday qilib, "baxt formulasi”ning turli tarkibiy
qismlariga binoan Daniya aholisi birinchi o‘rinni egalladi. Jumladan,
178 o‘rindan iborat ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini
Shveytsariya hamda Avstriya egalladi. Baxtli millatlarga kiruvchi
beshlikda, shuningdek, Islandiya va Bagam orollari ham bor. Tadqiqotlar
O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida eng baxtli odamlar
yashaydigan yurt ekanini ko‘rsatdi. Ro‘yxatning 80-pog‘onasi aynan
O‘zbekiston degan nom bilan muhrlandi.
Aholisi ko‘p
mamlakatlarning quyi o‘rinlarni zabt etganligi hattoki Uaytni ham
ajablantirdi. 178-o‘rindan iborat ro‘yxatning 82-o‘rnida Xitoy, 90-da
Yaponiya, 125-da Hindiston, Rossiya esa 167-o‘rinda. Ro‘yxatning eng
pastki qismlarini Afrika qit’asining Kongo Demokratik Respublikasi
(176), Zimbabve (177) hamda Burundi (178) mamlakatlari egalladi.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1708 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|