Diyora va Sardor: «Qaldirg'ochlar yana qaytadi...»!
Maftunkor xonanda Diyora uchun ham 2009 yil juda omadli keldi. Bir nechta filmlardagi ijro qilgan rollari, "Tutash taqdirlar" va yil so'nggida "Qaldirg'ochlar yana qaytadi..." televizion seriali uchun kuylagan saundtreklari fikrimizning isbotidir. Kuni kecha aynan "Qaldirg'ochlar yana qaytadi..." filmi uchun kuylagan saundtrek taronaga klip suratga olindi...
Diyora ushbu saundtrekni yosh xonanda Sardor Rajaboyev bilan birgalikda kuylagan edi. Qo'shiq uchun rejissor Dilmurod Agzamov tomonidan treyk ko'rinishida klip suratga oldi. Hozirgi kunda klipning montaj ishlari olib borilmoqda. Tez orada "O'zbekiston" telekanali orqali video klipni tomosha qilishingiz mumkin. Hozir esa klipni suratga olish jarayonidan eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qilish imkoniyati bor.