Insonlar
har hil oilada tarbiya topadi. Har bir ota-onaning orzu niyati bo'ladi
o'z farzandi uchun yahshi bo'ladigan yo'lni izlaydi. Lekin shu qizni
yoki bolani ko'ngli esachi? Tasavur qiling siz bir insonga ko'ngil
qoyib qoydingiz, lekin ota - onangiz bunga qarshi. Yani siz tanlagan
insoningizni oilasi singing oilangizga to'g'ri kelmaydi yoki boshqa
muammolarga ko'ra qarshilik ko'rsatishadi. Shunday ahvolda siz qanday
yo'lni maqul ko'rardingiz o'zingiz uchun. Ota-onangizni hohshiga ko'ra
hayotta o'zingiy yoqtirgan insoningiz bilan emas balkim ota-onangiz
maqul ko'rgan inson bilan bo'lishni, va ota-onangizni rozi qilishnimi?
Yoki bo'lmasam o'zingiz ko'ngil qo'ygan insoningiz sizni oilangizga
tog'ri kelmasa ham usha inson bilan bo'lishnimi?