Главная » 2011»Январь»27 » “DЕVONA FARISHTA” yoxud JIDDIY YIGITNING NOJIDDIY ISHI
19:49
“DЕVONA FARISHTA” yoxud JIDDIY YIGITNING NOJIDDIY ISHI
"Kinoreyd”ga tushgan ikkinchi film bu rejissyor Said Muxtorovning "Devona farishta” kartinasi bo’ldi. O’tgan oy so’nggida Alisher Navoiy kinosaroyida premera qilingan ushbu film haqida juda yomon fikrlar bildirilganligi sabab borib ko`rishga ham qunt qila olmayotgan edik. Ammo sahifamiz noxolis fikrlarga qurilmasligi uchun aynan bugun filmni tomosha qilish uchun Alisher Navoiy kinosaroyiga yo`l oldik. Borganimizda esa ilk tasavvurimizni tortgan holat bu yangi kartinaning hali ham kichkina zalga olinmagani bo`ldi. Demak, unga yaxshigina odam tushyapti. Darhaqiqat, bunga o`zimiz ham guvoh bo`ldik. Endi esa film haqidagi xulosalarimizga e`tibor qarating. Xulosa esa har galgidek o`zingizdan! 3 yutuq Birinchi o’rinda Said Muxtorovning biz bilan birga yashayotgan imkoniyati cheklanganlarga qaratayotgan e’tiboriga tasanno aytish kerak. U nogironlarning ham inson ekanligini, ularga beparvo bo’lmaslik kerakligi va ularni ham hayotimizning bir bo’lagi sifatida e’tirof etish kerakligini uqtiradi. O’tgan gal soqovlar, bu gal esa hayot zarbasi asosida telba bo’lib qolgan ayol muammosi. Uning ham xonadonida to’y bo’lishi kerak-ku. Bu filmda ham anchadan buyon ekranda ko’rinmay qolgan aktrisamiz Madina Muxtorovaning "tosh bosgani” quvonarli. U telba ayol obrazini shunaqa maromiga yetkazib o’ynaganki, hayron qolasiz. Darhaqiqat bu Muxtorovaning eng katta va jiddiy obrazi. U telba ayolning har bir harakatiga tomoshabinni ishontira olgan. Filmda favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimining mashaqqatli xizmati va Vatanparvarlik ruhi aks etgan lavhalar filmlarimizda uchraydigan eng kamyob holatlardan biri bo’lgan. 3 kamchiligi Film tasvirlari talabga javob bermaydi. Operatorning juda sifatsiz ishlagani filmning boshidan to oxirigacha seziladi. Hatto ayrim joylarda xiralashgan kadrlar uzoq ushlab qolingan. Nazarimizda montajda bundan yaxshi kadrlar topisholmagan. Montaj ishlari ham unchalik professional darajada emas. Favqulodda vaziyatlar bo’limida ishlaydigan yigitning o’zi sevib qolgan qizning dars xonasiga tepadan osilib tushib unga "shpargalka” o’qib turishi juda ham erish tuyuladi. Axir jiddiy soha vakillari birinchidan bunaqa ishlarni qilishmaydi, qilgan taqdirda ham maxsus ruxsat asosida. Film so’nggida qahramon ayol ya’ni telba onaning qanday qilib vafot etgani ko’rsatilmagan. Qolaversa, kelin-kuyovning to’yiga "Faryod” filmida Ozodbek Nazarbekov kelib ashula aytgan bo’lsa, bunda Shoh Jahon Jo’rayev qo’shiq aytadi. Mana shu joyi xonandaning klipi bo’lib qolgan. Bu esa tomoshabinni film ruhiyatidan chiqarib yuboradi. Qolaversa, bu paytdagi holat kelin-kuyov obrazidagi qahramonlar yuzida ham aks etgan.