1.Oynani quyoshli va izg'irin kunlarda yuvmang.Quyoshda oynadagi dog'larni payqash qiyin.Sovuq kunlarda esa ular tez qurib,qotib qoladi va dog' hosil bo'ladi.
2.Birinchi navbatda sovunli issiq suvda deraza romini,ya'ni yog'ochdan yasalgan qismini yuving.
3.Yuvilgan oynaning bir tomonini vertikal(yuqori) yo'nalishda quruq narsa yordamida artib olish kerak.Agar gorizantal (yoniga) yo'nalishda artsangiz,tozalik uchun qilayotgan harakatlaringiz foyda bermasligi mumkin.
4.Oynani silliq mato bilan yuvmang.Yaxshisi,jundan to'qilgan mato ishlating.
5.Oynangiz ko'zni qamashtiradigan darajada toza va yaltiroq bo'lishini xohlasangiz,mis kuporosi eritmasidan (1 litr suvga 1 choy qoshiq) foydalaning.Oyna xuddi moviy rangga bo'yalgandek chiroyli bo'ladi.
6.Yarim litrlik plastik idish (baklashka) olib,undan suvpurkagich yasang.Idishga 1-2 choy qoshiq novshadil spirti qo'shing.Aralashmani oynaga seping.Uni oshxona va vanna kafellarini,ko'zgularni,mebellarni loklangan yuza qismini tozalashga ham ishlatish mumkin.
7.Yana bir usul:oynani eski sochiq bilan yuvsangiz namlikni yaxshi shimib oladi.