O'z uslubiga ega bo'lgan xonanda Davron Shanson tinimsiz ijod qilish bilan ovora. Bundan bir qancha vaqt muaqaddam Davron Shanson hamda Tohir Sodiqov tomonidan birgalikda kuylangan duet taronani tinglagan edik. Endi esa yana bir duetga navbat.
Hozirda o'zining hisob bo'yicha beshinchi albomi ustida ish olib borayotgan Davron Shanson O'zbekiston Xalq artisti Nasiba Abdullaeva bilan duet tarona kuyladi. Qo'shiq "Paralleli" deb nomlangan. Qo'shiq musiqasi Aziz Holmurodov ijodidan, so'zlar muallifi esa Elena Zokirova.