Sensiva dasturi Ortiqcha harakatlarni kamaytiruvchi,
kompyuterda ishlashni yengillashtiruvchi, asosiysi vaqtni tejovchi
samarali dastur. Yuklanishi o'ta oson bo'lgan ushbu dastur yordamida
oynalarni pastgi panelga yashirib qo'yish, oynalarni yopish, WORD,
EXCELL singari kuchli dasturlarni bosh harfini yozish orqali ishchi
oynaga chiqarishimiz mumkin. Ma'lumotlarni saqlash uchun ham S harfini
yozishimiz kifoya. Umuman olganda barcha ishlaringizni sichqoncha
orqali tez va oson bajarishingiz mumkin. Yana yahshi tomoni qanday
qulaylilarga ega ekanligi yodingizdan ko'tarilsa pastki panelning o'ng
tomonidagi Sensiva belgisini bossangiz dastur haqida to'liq ma'lumot
olasiz.